Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Liviya harbiy amaldorlari Turkiyada halokatga uçradi
23 dekabr kuni içida Liviya harbiy amaldorlari bölgan xususiy reaktiv samolyot Turkiya poytaxtidan havoga kötarilgaç, qulab tuşdi. Bortda bölgan general Ahmad al-Haddad, yana tört nafar ofitser va 3 nafar ekipaj a’zosi vafot etdi. Liviya rasmiylari halokatga samolyotdagi texnik nosozlik sabab bölganini aytmoqda.
Liviya delegatsiyasi ikki davlat örtasida mudofaa muzokaralarini ötkazib, Anqaradan qaytayotgan edi.
Falcon 50 rusumli biznes-jyetning qoldiqlari Anqaradan taxminan 70 kilometr janubdagi Haymana tumani yaqinida topilgan. Rasmiylarga köra, samolyot – elektr nosozligi haqida xabar bergan va favqulodda qönişni söragan. Şundan söng samolyot Esenbögaga qayta yönaltirilgan va u yerda qönişga tayyorgarlik boşlangan.
Biroq favqulodda qöniş uçun pastlayotgan paytda samolyot radar ekranidan yöqolib qolgan. Şundan söng, Haymana ustidagi tungi osmon birdaniga portlaşga öxşaş yoruğlik bilan yorişib ketgan.
Anqara aeroporti vaqtinça yopildi, Turkiya adliya vazirligi holat yuzasidan tergov boşlagan.
Liviya boş vaziri Abdul-Hamid buni davlati uçun «katta yöqotiş» deb atadi. Çunki general Al-Haddad Ğarbiy Liviyadagi eng yuqori harbiy qömondon bölgan. U Liviya harbiy tuzilmalarini birlaştirişga qaratilgan BMT vositaçiligida jarayonda muhim rol öynagan.
Aviahalokatda halok bölgan yana tört yuqori martabali ofitser ham Liviya armiyasida muhim lavozimlarda bölgan. Qolgan uç nafar ekipaj a’zosining şaxsi hozirça ma’lum emas.
Ukrainadagi uruş
Seşanbaga ötar keçasi Rossiya Ukrainaga qarşi şu oydagi eng yirik havo hujumlaridan birini amalga oşirdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga köra, hujumlar oqibatida kamida uç kişi halok böldi va 17 kişi jarohat oldi.
Ma’lum qilinişiça, Rossiya yopirilma hujumlarda 650 dan ortiq dron hamda 30 dan ortiq raketa qöllagan. Ukrainaning qariyb yarmi – 13 ta viloyat hujum ostida qolgan.











