HUMO MBPM ma’lum qilişiça, HUMO milliy tölov tizimi operatori 2024 yil yakuniga olingan sof foyda va dividendlarni taqsimlaş töğrisida qaror qabul qildi.
2024 yilda “Milliy banklararo protsessing markazi” MÇJ aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta taşkil etildi. 2025 yilda kompaniyaning ustav kapitalidagi davlat uluşi Özbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq töliq xususiylaştirildi.
Özbekiston Respublikasining “2025 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi Qonuniga muvofiq, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat uluşi 50% va undan ziyodni taşkil qiluvçi yuridik şaxslar 2024 yil yakunidagi holatga köra öz sof foydalarining 50 foizi miqdorida budjetga assignatsiyalar va dividendlarni hisoblaşlari va ötkazişlari lozim.
Şuni inobatga olgan holda va kompaniya aksiyadorlari yiğilişining 2025 yil 21 noyabrdagi tegişli qaroriga binoan, 2024 yil yakuniga olingan 168,2 milliard söm miqdorida sof foydani taqsimlaş töğrisida qaror qabul qilindi. Davlat uluşiga proporsional hisoblangan 54,7 milliard söm miqdoridagi dividend davlat budjetiga ötkazildi.
Şu tariqa, kompaniya moliyaviy barqarorligini va davlat, hamkorlar hamda bozor qatnaşçilarining işonçini mustahkamlab, avval zimmasiga olgan moliyaviy majburiyatlarini töliq hajmda ado etdi. Şuning barobarida HUMO texnik va infratuzilmaviy rivojlaniş dasturini amalga oşira boşladi. Özgarişlar doirasida kompaniya öz tölov konturini barqarorlaştirdi, terminal infratuzilmasini yangiladi va tarmoqning butun mamlakat böylab barqaror işlaşini ta’minlaş uçun servis jamoalarini kuçaytirdi.
HUMO töğrisida
HUMO (“Milliy banklararo protsessing markazi”) – hisob-kitoblar, tölov vositalari, texnologik yeçimlar va banklararo pul mablağlari ötkazmalari tizimini birlaştiruvçi Özbekiston milliy tölov tizimi. HUMO mamlakat içida pul mablağlari harakatini va xorijiy tölov tizimlari bilan integratsiyani ta’minlaydi.
HUMO Matbuot xizmati











