24 dekabr kuni bölib ötgan telefon muloqotida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Davlat rahbari Ozarboyjon yetakçisining mamlakat mustaqilligini mustahkamlaş, uni birlaştiriş, barqaror taraqqiyotini ta’minlaş va xalqaro nufuzini oşirişdagi tarixiy rolini alohida qayd etdi.

Suhbat çoğida oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston–Ozarboyjon döstlik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş hamda mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Joriy Iqtisodiy kooperatsiya yilida birgalikda amalga oşirilgan işlar unumli bölgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Şuningdek, barça darajada samarali muloqotlar va almaşinuvlar davom etayotgani, özaro tovar ayirboşlaş jadal sur’atlarda ösib borayotgani qayd etildi. “Yöl xaritasi” asosidagi 20 ta ustuvor yönalişdagi loyihalar faol bosqiçga kirgani, tadbirlarga boy madaniy-gumanitar almaşinuvlar dasturi amalga oşirilayotgani bildirildi.

Özbekiston va Ozarboyjon rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almaşib, kelgusidagi tadbirlar rejasini körib çiqdi.