Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) rahbari Martin Yyeger Rossiya Taşqi razvedka xizmati (SVR) rahbari Sergey Narişkin bilan telefonda suhbatlaşdi. Bu haqda Germaniyaning WDR telekanali 23 dekabr, seşanba kuni xabar qildi.
WDR ma’lumotiga köra, suhbat “ötgan hafta”, ya’ni 15–21 dekabr kunlari oraliğida bölib ötgan. Telekanal bunday holatni “Germaniya va Rossiya idoralari örtasidagi töğridan töğri aloqaning kam uçraydigan holati” deb atagan. WDR ta’kidlaşiça, suhbat mazmuni noma’lum.
Suhbat haqidagi xabar WDR’ning X ijtimoiy tarmoğidagi WDR Investigativ (“WDR Tekşiruvlar”) akkauntida e’lon qilingan. Material muallifi sifatida jurnalist Florian Flade körsatilgan.
“BND, odatda, ehtimoliy razvedka faoliyatiga doir masalalarni omma oldida izohlamaydi”, — deya javob bergan razvedka xizmati WDR söroviga.
Rossiya tomoni ham Narişkinning Yyeger bilan suhbatlaşganini tasdiqlamagan. 18 dekabr kuni SVR rahbari telefon orqali Britaniyaning MI6 rahbari Bleyz Metreveli bilan gaplaşganini aytgan edi.
Yyeger BND'ga 2025 yil sentabr oyida rahbar etib tayinlangan. U avval Germaniyaning Ukrainadagi elçisi bölib işlagan. Oktyabr oyida esa u Rossiya bilan mojaroning keskinlaşuviga tayyor turişga çaqirgan.
“Biz ehtimoliy Rossiya hujumi 2029 yildan oldin bölmaydi, deb öylab, xotirjam bölib qolmasligimiz kerak. Biz bugunning özida tahdid ostidamiz”, — degan edi öşanda Yyeger.











