2025 yilda taxminan iPhone’larning 70 foizi Rossiyaga yaşirin sxemalar orqali — soliqlar va bojxona yiğimlari tölanmasdan kirib kelgan. Bu haqda “Izvestiya” naşri 24 dekabr, seşanba kuni xabar qildi. Mobile Research Group tahlilçilarining bahosiga köra, Ukrainaga qarşi keng kölamli hujum boşlanişidan oldin va şundan keyin Apple’ning Rossiya bozoridan çiqib ketişiga qadar yaşirin yetkazib berişlar uluşi 10 foizdan oşmagan. Keyingi har bir yilda bu körsatkiç oşib borgan va 2025 yil oxiriga kelib 70 foizga yetgan.
“Izvestiya”ga yirik distribyutorlardan biri aytişiça, Apple’ning Rossiyaga qonuniy yetkazib berilgan texnikasi narx jihatidan yaşirin sxemalar bilan raqobatlaşa olmaydi. Çunki bunday iPhone sotuvçilari bojxona bojlari, QQS va boşqa soliqlarni tölamaydi, şu bois ular iste’molçilarga mahsulotni yirik distribyutorlarga qaraganda ança arzonroq taklif qilişi mumkin. Mobile Research Group tahlilçilari ta’kidlaşiça, qonuniy va yaşirin gadjetlar narxi örtasidagi farq ba’zan 70 foizgaça yetişi mumkin.
Rossiyaliklar gadjetlarni import qilişdagi yaşirin kanallarga nisbatan murosa bilan qaraydi: xorijiy brendlar Rossiyadan çiqib ketganidan keyin aynan parallel import texnika tanqisligi va narxlarning keskin sakrab ketişining oldini olişga yordam bergan. Ammo bunday iPhone’larni sotib olgan rossiyaliklar xavf ostida qoladi — bu texnika kafolatsiz sotiladi, öğirlangan yoki ta’mirlanib qayta tiklangan (restored/refurbished) bölişi mumkin.
“Izvestiya” manbalariga köra, Rossiya hokimiyati “yaşirin import”ga qarşi kuraşni boşlaşga tayyorgarlik körmoqda — kelasi yildan Rossiyaga texnika yetkazib beriş zanjirlari tartibga solina boşlaydi.












