Hindistonning eng yirik xususiy neftni qayta işlaş kompaniyasi — Reliance Industries Rossiyaning asosiy korxonalariga qarşi amal qilib turgan AQŞ sanksiyalariga qaramasdan, Rossiya neftini xarid qilişni qayta tikladi. Bu haqda Bloomberg agentligi 24 dekabr, çorşanba kuni xabar berdi.
Agentlik manbalariga köra, Reliance Industries Rossiya neftini sanksiya ostida bölmagan yetkazib beruvçilardan çegirma narxida sotib olyapti va uni Gujaratdagi öz neftni qayta işlaş zavodiga yönaltiryapti. Quvvati sutkasiga 660 000 barrel bölgan uşbu NQIZ mahalliy iste’molçilarni mahsulot bilan ta’minlaydi.
Bloomberg manbalari ta’kidlaşiça, Rossiya neftini taşiş uçun Reliance Industries “RusEksport” kompaniyasi bilan Aframax sinfidagi tankerlardan foydalaniş böyiça şartnoma tuzgan.
Agentlik qayd etişiça, uşbu sxema qöllanişi ehtimol, Hindistonning Rossiya neftini xarid qilişidagi pasayişni kamaytiradi: rasmiylar sözlariga köra, bu oyda xaridlar yarmidan ham köproqqa qisqarişi mumkin.
AQŞ 22 oktyabr kuni Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar joriy qildi. Bu qadam Moskva Ukrainada boşlagan uruşni tugatiş böyiça “tinçlik jarayoniga Rossiya tomonidan jiddiy qiziqiş yöqligi” bilan izohlandi. “Qora röyxat”ga Rossiyaning ikki yirik neft kompaniyasi — “Rosneft” va “Lukoyl”, şuningdek, Rossiya hududida joylaşgan ularning şu’ba korxonalari kiritildi. Qoidabuzarlik uçun “AQŞ fuqarolari va xorijiy fuqarolarga nisbatan fuqarolik-huquqiy yoki jinoiy sanksiyalar qöllanişi” nazarda tutilgan.
Oktyabr oyida Reuters agentligi Reliance Industries AQŞ sanksiyalarini buzmaslik uçun Rossiya neftini import qilişni qisqartiriş yoki töliq töxtatişni rejalaştirayotgani haqida xabar bergan edi.












