Germaniyada Ukraina fuqarosi Yevgeniy B. hibsga olindi. U Rossiya davlat organlari topşiriğiga köra josuslik va diversiyalar tayyorlaşda ayblanmoqda. Germaniya federal prokuraturasi xabar berişiça, u joriy yil may oyida Şveytsariyaning Turgau kantonida qölga olingan va 23 dekabr, seşanba kuni GFRga topşirilgan. Prokuratura ukrainaliklar guruhi qölga olingani haqida ilk bor 14 may kuni xabar berilganini eslatdi. Öşanda Kyoln va Konstansda Vladislav T. va Daniil B. qamoqqa olingan. Şu bilan bir vaqtda Germaniya Yevgeniy B.ni hibsga oliş böyiça order ham çiqargan edi.
Nemis tergovi fikriça, ayblanuvçilar Rossiya buyurtmasiga köra Germaniyada yuk transportini yoqib yuboriş va portlatişlarni amalga oşirişni rejalaştirgan. Xususan, ular GFRdan Ukrainadagi qabul qiluvçilarga portlovçi yoki yonğin çiqaruvçi qurilmalar solingan posilkalarni yuborişni közlagan, bu posilkalar taşiş jarayonida portlaşi kerak bölgan, deb xabar qilgan edi prokuratura. Taşiş yönalişlarini razvedka qiliş uçun, aytilişiça, Vladislav T. 2025 yil mart oyi oxirida Kyolnga ikkita “sinov” posilkasini jönatgan, ular içida boşqa narsalar qatori GPS-trekerlar ham bölgan.
Tergovni Germaniyaning federal jinoiy işlar idorasi olib bormoqda.












