So‘nggi yillarda O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari uchun Yevropa Ittifoqi va AQSh bozorlariga chiqish strategik ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘lda asosiy talablardan biri — xalqaro standartlar asosida sertifikatlash va mustaqil inspeksiya hisoblanadi. 2021-yilda «Control Union Quality» MChJ shu ehtiyojni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan edi.

Ushbu korxona O‘zbekiston–Niderlandlar qo‘shma korxonasi bo‘lib, qishlok xo‘jaligi, oziq-ovqat va to‘qimachilik korxonalari uchun xalqaro inspeksiya va sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniyaning asosiy maqsadi — mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xalqaro bozorlarga chiqishda ko‘maklashish va ularning mahsulotlariga bo‘lgan ishonchni oshirish. Chunki jahon bozorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish uchun oziq-ovqat xavfsizligi va organik kelib chiqishni tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar talab etiladi.

Control Union quyidagi asosiy sertifikatlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi:
- Organic EU (EU Reg. 2018/848),
- USDA NOP,
- GLOBALG.A.P. Integrated Farm Assurance
Organik mahsulotlar an’anaviy mahsulotlarga nisbatan qimmatroq narxda sotilishini yaxshi bilamiz. Shu bilan birga, mazkur xalqaro sertifikat mahsulot xavfsizligini tasdiqlaydi. Uning tayyorlanish jarayoni ekologik me’yorlarga rioya etilishini ko‘rsatadi. Bu muvofiqlik esa o‘sha kompaniya imidjini va raqobatbardoshligini oshirib, eksport hajmini kengaytirishga xizmat qiladi.

Kompaniyaning mijozlari orasida nufuzli «Global Export Company» MChJ, «Baraka Meva Sanoat Servis» MChJ, «New Way Industries» MChJ kabi korxonalarni ko‘rish mumkin.
To‘qimachilik sohasida ilk va yagona tajriba
To‘qimachilik sanoati dunyoda neft-gaz tarmog‘idan keyin ikkinchi yirik ifloslantiruvchi soha hisoblanadi. Shu bois, xalqaro bozorda ekologik va ijtimoiy talablar keskin kuchaymoqda. Control Union O‘zbekistonda GOTS, OCS, GRS, RCS, FSC, RWS, Better Cotton (BCI), regenagri® kabi xalqaro to‘qimachilik standartlari bo‘yicha sertifikatlashni amalga oshirayotgan birinchi va yagona kompaniya hisoblanadi.















