Qonunning maqsadi 2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etishga oid tartib-taomillarni belgilashdan iborat ekani qayd etildi.
Qonunga ko‘ra, 1-darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika budjetidan ushbu qonunga muvofiq ajratiladigan budjet mablag‘laridan faqat 2026 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, 2026 yil uchun quyidagilar tasdiqlangan:
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.
Qonunga muvofiq, 2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi etib belgilandi.
Mazkur qonun 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.










