Rossiyada josuslikda ayblanayotgan, hozirda hibsda saqlanayotgan fransuz fuqarosi Loran Vinate işida muayyan siljiş kuzatilmoqda. “Haqiqatdan ham, Vinate masalasi böyiça fransuzlarga taklif qilindi. Hozir töp Fransiya tomonida”, — dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 25 dekabr, payşanba kuni Moskvada.
Bu bayonot Parij ham, Moskva ham Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron örtasida oliy darajada muzokara ötkazişga qiziqiş bildirganidan köp ötmay yangradi.
Nodavlat taşkilot xodimi bölgan Vinate 2024 yil iyun oyida Rossiyada qölga olingan. Oktyabrda esa u koloniyada 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Sud uni Rossiya harbiylari haqida ma’lumot töplagani, biroq oldindan “çet el agenti” sifatida röyxatdan ötmagani uçun aybdor deb topgan.
Ayni paytda Rossiya hokimiyati Vinatega nisbatan qöşimça ayblovlar ham qöymoqda. Uşbu ayblovlar böyiça unga 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi tahdid qilişi mumkin.
Rossiya fuqarosiga uylangan Vinate sud jarayonida “çet el agenti” sifatida röyxatdan ötiş zarurligini bilmaganini aytgan. 49 yoşli Vinate Şveytsariyadagi “Gumanitar muloqot markazi” (Centre for Humanitarian Dialogue, HD) nomli nodavlat taşkilotda işlaydi. Bu taşkilot mojarolarda vositaçilik qilişga ixtisoslaşgan bölib, Rossiya va sobiq SSSR respublikalari böyiça ekspert sifatida tanilgan.
Fransiya Taşqi işlar vazirligi 25 dekabr, payşanba kuni Kreml bayonotiga izoh berişdan boş tortdi. Şu bilan birga, Vinatening oilasi — uning advokati Frederik Belo sözlariga köra, “ehtiyotkor optimizm” kayfiyatida va yil oxirigaça ozodlikka çiqişiga umid qilmoqda, deb xabar berdi AFP agentligi. “Biz fransuz diplomatiyasiga töliq işonamiz — u imkoni boriça hammasini qilyapti”, — dedi advokat.
Belo, şuningdek, agar Putin va Makron örtasida ehtimoliy muzokaralar bölsa, Vinate işi ham kötarilişiga umid bildirgan.
Sönggi yillarda Rossiyada bir qator xorijiy fuqarolar qölga olingan. Ğarb davlatlari Moskva ularni Ğarbda hibsda bölgan rossiyaliklarga almaşiş uçun “garov” sifatida işlatayotganlikda ayblaydi.












