Prezident Şavkat Mirziyoyev xizmatlar sohasi va turizmni rivojlantiriş rejalari doirasida transport-logistika infratuzilmasini kengaytiriş masalalariga ham alohida töxtaldi. Qayd etilişiça, turistlar oqimi tobora ortib borayotgani aviatsiya va temir yölda yölovçi taşiş quvvatini kamida ikki barobar oşirişni taqozo etmoqda.
Şu munosabat bilan içki temir yöllarni rivojlantiriş böyiça beş yillik dastur qabul qilinişi aytildi. Unga muvofiq, şaharlarni tezyurar poyezdlar qatnovi bilan boğlaş maqsadida 2026 yildan yana 500 kilometr temiryöl qurilişi boşlanadi.
Kelgusi yilning özida 110 kilometr temir yöl tarmoği barpo etilib, Böka, Piskent, Bekobod, Boyovut tumanlari hamda Nurafşon şahri poytaxt bilan boğlanişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, “Toşkent–Samarqand” yönalişida yuqori tezlikda harakatlanadigan yölovçi poyezdlar uçun yangi temiryöl liniyasini quriş işlari boşlanişi ma’lum qilindi. Bu yönalişda yangi liniya barpo etilişi qatnov tezligi va sifatini oşiriş, safar vaqtini qisqartiriş hamda yölovçilar oqimi ortişi şaroitida tizim quvvatini kengaytirişga xizmat qilişi qayd etildi.
Ma’lum qilinişiça, yirik transport infratuzilmasi böyiça rejalar doirasida Toşkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Navoiydagi vokzallar ham xususiy şeriklik asosida boşqaruvga beriş uçun taklif etiladi.











