Ukraina Rostov viloyatidagi Novoşaxtinsk neftni qayta işlaş zavodiga Storm Shadow qanotli raketalari bilan zarba bergan. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Telegram-kanalida 25 dekabr, payşanba kuni xabar qilindi.

Kiyev “havodan uçiriladigan Storm Shadow qanotli raketalari bilan Novoşaxtinsk NQZga muvaffaqiyatli zarba berilgani” haqida bildirdi. “Köplab portlaşlar qayd etildi, nişon urildi”, — deb qöşimça qildi Boş ştab. U yerda ta’kidlanişiça, mazkur NQZ Rossiya armiyasi uçun dizel yonilğisi va aviatsiya kerosinini yetkazib beradi.

Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar Novoşaxtinskka berilgan zarbalarni tasdiqlab, u yerda “portlaşlar sodir bölgani”ni aytdi. Mansabdor ma’lumotiga köra, yonğinni öçiriş paytida bir nafar öt öçiruvçi jabrlangan.

Zarar kölami hozirça aniq belgilanmagan. Ukrainaning Exilenova+ Telegram-kanali NQZ ustida qora tutun ustunlari kötarilayotgani aks etgan kadrlarni e’lon qildi.

Keng kölamli hujum boşlanganidan beri Ukraina kamida olti marta Novoşaxtinsk NQZga hujum qilgan. Birinçi hujum 2024 yil mart oyida bölgan. Hozirgi hujum esa uşbu zavodga qarşi Storm Shadow qöllangan ilk hujum hisoblanadi.

Novoşaxtinsk NQZ Ukraina nazoratidagi hududdan taxminan 175 km uzoqlikda joylaşgan. Storm Shadow raketalarining uçiş masofasi 250 kmdan ortiq.