Yaqinda Tokioda bölib ötgan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» birinçi sammiti doirasida soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari ham muhokama qilindi. Muloqotlar samarasi sifatida Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi mas’ullari Yaponiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Xirata Kendzi bilan Toşkent şahar “Qon preparatlari” ilmiy-işlab çiqariş korxonasida uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda “Qon mahsulotlari sifatining nazorati tizimini takomillaştiriş” loyihasi doirasida hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Qayd etilişiça, loyiha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.
Ma’lum qilinişiça, grant mablağlari hisobidan 17 ta muassasa 7 turdagi 268 ta zamonaviy qon saqlaş va taşiş uskunasi, şuningdek 4 turdagi 136 ta aksessuar bilan ta’minlanadi. Bunday uskunalar avvalroq Respublika qon quyiş markazida örnatilgani ham qayd etildi.
Mazkur loyiha donorlar tomonidan topşirilgan qondan işlab çiqariladigan qon mahsulotlarining saqlaniş muddatini oşiriş, şuningdek xavfsiz qon mahsulotlaridan foydalaniş imkoniyatini kengaytirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.












