Moskva şahri Çeryomuşkin tuman sudi “Meduza” naşri asosçisi Galina Timçenkoni “nomaqbul taşkilot” faoliyatini boşqarganlikda aybdor deb topib, uni sirtdan umumiy rejimli koloniyaga 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qildi. Bu haqda Moskva prokuraturasining Telegram-kanalida 25 dekabr, payşanba kuni xabar e’lon qilindi. Moskva prokuraturasi ayni şu muddatdagi jazoni söragan edi. Bundan taşqari, Timçenko 5 yil davomida “taşkiliy va ma’muriy-xöjalik funksiyalarini amalga oşiriş bilan boğliq lavozimlar”ni egallaş huquqidan ham mahrum qilindi.
Timçenko bu jazoni 2024 yil iyunida “nomaqbul taşkilot” faoliyatida iştirok etganlik haqidagi ma’muriy bayonnoma asosida 14 ming rubl jarimaga tortilganiga qaramay, “Meduza”da işlaşni davom ettirgani uçun oldi. Jinoyat işi ham xuddi şu modda böyiça 2025 yil iyunida qözğatilgan. Iyul oyida Galina Timçenko sirtdan hibsga olingan.
Ayblov xulosasida Galina Timçenko “Meduza”ni “davlat tuzilişiga, amaldagi hokimiyatning içki va taşqi siyosatiga nisbatan nafrat va mensimaslik his qilib” taşkil etgani ta’kidlangan. “Meduza” “nomaqbul taşkilot” deb e’lon qilinganidan keyin esa Timçenkoda naşr faoliyatini davom ettiriş niyati “mamlakat axborot maydonida qoliş” uçun paydo bölgani aytilgan. “Bundan taşqari, u videoxostinglardan biridagi sahifalari orqali Rossiya Federatsiyasida sodir bölayotgan turli voqealarga oid axborot materiallarini tarqatmoqda”, deyiladi prokuratura xabarida.
“Ajablanarlisi, heç qanday alohida his-tuyğu yöq. Faqat öylab qoldim: rejim ‘nafas olgandek yolğon gapiradigan’ bir paytda ayblov xulosasida haqiqat yozilgani ğalati ekan. Men haqiqatdan ham millionlab odamlarning hayotini dözaxga aylantirganlarga, har kuni ularni ölimga yuborib turadiganlarga nafrat va mensimaslik his qilaman. Hukmning öziga kelsak, maşhur ibora bor: u yozilgan qoğozga ham arzimaydi”, — dedi Timçenko Çeryomuşkin sudi hukmini eşitgandan söng “Meduza”ga.
2023 yil yanvarda RF Boş prokuraturasi “Meduza” naşrini “nomaqbul taşkilot” deb tan olgan. Naşr faoliyati mamlakatning “konstitutsiyaviy tuzum asoslari va xavfsizligi”ga tahdid solişi qayd etilgan. 2024 yil avgustda Rossiya Adliya vazirligi Galina Timçenkoni “çet el agentlari” reyestriga kiritgan.
Bunday maqomni beriş töğrisidagi qarorni RF Boş prokuraturasi qabul qiladi. Reyestrni yuritiş esa Adliya vazirligi zimmasida. 2024 yilda RF prezidenti Vladimir Putin “nomaqbul” deb tan olişni kengaytiruvçi qonunni imzolagan: agar xorijiy yoki xalqaro taşkilotning ta’sisçisi yoki iştirokçisi sifatida boşqa davlatning davlat organlari qatnaşsa, u taşkilot “nomaqbul” deb topilişi mumkin. Bu esa 2025 yil dekabrida Deutsche Welle’ni ham röyxatga kiritiş imkonini bergan.

















