“Dunyo” AA xabar berişiça, naşr mazkur qadamni Özbekistonning turizm siyosatidagi tizimli özgarişlar va toğ kurortlarini boşqarişda texnologik hamda barqaror yondaşuv kuçaygani bilan izohlagan.
Maqolada mavsumning uzayişida sun’iy qor hosil qiliş tizimlari joriy etilgani asosiy omil sifatida körsatilgan. Bu texnologiyalar qişki turizmning iqlim şaroitlariga boğliqligini kamaytirib, trassalarning uzoqroq vaqt barqaror işlaşini ta’minlaşi ta’kidlangan. Eng sezilarli özgarişlar Toşkent yaqinidagi Amirsoy kurorti misolida qayd etilgan.
Şuningdek, gazeta rasmiy manbalarga tayanib, qişki mavsumni uzaytiriş işlari dor yöllari va boşqa toğ infratuzilmasini modernizatsiya qiliş bilan birga amalga oşirilganini bildirgan. Texnik yangilanişlar kurortlar faoliyatini sovuq ob-havoda ham uzluksiz ta’minlaşga xizmat qilişi urğulangan.
Materialda toğli hududlarda yöl aloqasi va servis yaxşilangani, şuningdek, xavfsizlik yönalişida tibbiy xizmatlar hamda turizm politsiyasi faoliyati kuçaytirilgani ham tilga olinadi.








