Ma’lum qilinishicha, 26 dekabr kuni soat 19:42 da Shayxontohur tumani Sebzor dahasi, 18A-uy oldida avtomobil yonayotgani haqida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 19:48 da yetib borgan. Yong‘in soat 19:51 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlashtirilmoqda.










