Rossiya qöşinlari qöşni Belarus hududi orqali Ukrainadagi dronlarni tutib qoluvçi vositalarning himoya pozitsiyalarini çetlab ötişga urinyapti, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy juma, 26 dekabr kuni keçqurun ötgan oliy boş qömondon stavkasi yiğilişida. Uşbu yiğiliş töliq “dronlar, himoya çiziqlari va Ukrainaning javob çoralari” mavzusiga bağişlangan. Zelenskiy öz Telegram-kanalida: “Bu Belarus uçun xavfli. Biz ‘Oreşnik’ bilan boğliq qadamlarni köryapmiz, endi — dronlar yordamida. Afsuski, Belarus öz suverenitetini Rossiyaning agressiv ambitsiyalari foydasiga topşiryapti”, — deb qayd etdi.

Zelenskiy, şuningdek, rossiyaliklar Ukraina havo mudofaasining çegaralarini — xususan, dron tutib oluvçi vositalar joylaşuvini körib turişini va ularni çetlab ötişga harakat qilayotganini ta’kidladi. Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga köra, Ukrainaga zarba berişda qöllanayotgan uskunalar “çegara yaqinidagi Belarus aholi punktlarida, jumladan turar joy uylariga ham” örnatilmoqda. “Aslida oddiy 5 qavatli uylar tomlarida dronlarni ğarbiy hududlarimizdagi nişonlarga yönaltirişga yordam beradigan antennalar va boşqa uskunalar joylaştirilgan”, — deb yozdi prezident.

Zelenskiyning aytişiça, bu “jiddiy masala”ga javob navbatdagi oliy boş qömondon stavkasi yiğilişida beriladi. “Bu inson hayotini mutlaqo pisand qilmaslikdir, va Minsk bunday öyinlarni töxtatişi muhim. Hamkorlarni xabardor qilamiz va qöşma javob çoralarini tayyorlaymiz”, — dedi u.

Ukraina boş vaziri Yuliya Sviridenkoning xabar berişiça, 23 dekabrga ötar keçasi Ukraina energetika infratuzilmasi Rossiya hujumiga uçragan, eng kuçli şikastlanişlar esa mamlakat ğarbidagi energiya obektlarida qayd etilgan. Ukraina Energetika vazirligi ma’lumotiga köra, şu kuni ertalab Rossiya zarbalari oqibatida Rovno, Ternopil va Xmelnitskiy viloyatlarida iste’molçilar deyarli töliq elektrsiz qolgan.

25 dekabr keçqurun Rossiya qöşinlari Volin viloyatidagi muhim infratuzilma obektiga dronlar bilan hujum qildi. Volin viloyatidagi Kovel temiryöl stansiyasidagi hujum natijasida lokomotiv va yuk vagoni şikastlandi, lokomotiv deposi sexining oynalari esa portlaş tölqinidan sinib ketdi.

Radioelektron kuraş va aloqa tizimlari böyiça ekspert Sergey Beskrestnovning sözlariga köra, Rossiya Ukraina va Polşa örtasidagi logistikani tösiş uçun Kiyev — Kovel temiryöl yönalişini maqsadli ravişda nişonga olyapti. Ekspert bu dronlar RFdan kirib kelsa-da, ularni boşqariş Belarus hududidan amalga oşirilişini ta’kidladi.