27 dekabr tongida «Rus köngillilari korpusi» (RKK) – RF fuqarolaridan tuzilgan va Ukraina qurolli kuçlari safida jang qilgan bölinma öz komandiri, Nikitin va White Rex laqablari bilan maşhur bölgan Denis Kapustin halok bölganini xabar qildi. Ötmişda futbol fanati va ultraöng aktivist bölgan Kapustin katta uruşning uç yarim yili davomida RFning çegara hududlariga diversiyalar uyuştirib, şov-şuv kötargandi. RKK bayonotiga köra, u «jangovar topşiriqni bajariş çoğida» rossiyaliklar droni zarbasidan halok bölgan. «Meduza» Kapustinning tarixini esladi.

Denis Kapustin 1984 yilda Moskvada tuğilgan. 2001 yilda uning oilasi Kyolnga köçib ötgan. Der Spiegel ma’lumotiga köra, oila Germaniyaga yahudiy qoçqinlari sifatida kelgan. Bir neça oy ötib RKKning bölğusi rahbari doimiy yaşaş ruxsatnomasini qölga kiritgan.

«Agenstvo» naşri qayd etişiça, Germaniyada Kapustin qoidasiz janglar va futbolga qiziqib qolgan. Özining aytişiça, u «köça bezorisi, odamlarni kaltaklovçi skinhed» edi. Vaqti kelib Kapustin Rossiyaga qaytadi va TsSKA klubi fanatlik harakati a’zosiga aylanadi.

Vatanida u aralaş yakkakuraş janglar (MMA) böyiça turnirlar taşkillaştirgan, ularda mahalliy ultraöng harakatlar vakillari qatnaşgan. Kapustin bunday turnirlarni Yevropada ham uyuştirgan. Ulardan ayrimlarida Germaniya Milliy-demokratik partiyasi hamda Italiyadagi CasaPound neofaşistik kuçlar a’zolari iştirok etgan. Ultraöng harakatlarni örganuvçi Robert Klausning fikriça, Kapustin «Yevropadagi öng ekstremistlar orasidagi muhim figura» hamda «qit’adagi eng xavfli neonatsistlardan biri» bölgan.

White Rex brendi ostida Rimda ötkazilgan MMA turniri. Musobaqa Casa Pound neofaşistik harakati qarorgohi joylaşgan kompleksda bölib ötgan. 2013 yil
White Rex /​ Telegram

2008 yilda u White Rex kiyim-keçak brendini yaratadi, uning assortimentida natsistlarga xos ramzlar (masalan, neonatsistlarning «Qora quyoş» ramzi yoki 14/88 raqamlari) aks etgan futbolkalar bor edi. «Zaborona» naşri ma’lumotiga köra, brend asosçisining özi «oq irq ustunligi» haqidagi ğoyani yoqlagan, rangi oq bölmagan odamlarni «arablar va turli maymunlar» deb atagan. 2016 yilda Kapustin futbol böyiça Yevropa çempionati doirasida Marselda Angliya va Rossiya jamoalari örtasida keçgan öyinda ikki jamoa muxlislari örtasida kelib çiqqan ommaviy muştlaşuv taşkilotçilaridan biri bölgandi.