Özbekistondagi gidroelektr stansiyalarida suv tanqisligi tufayli elektr energiyasi işlab çiqariş kamaydi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi çiqişida energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
Deputat Saydullo Azimov gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi işlab çiqarişning kamayib borayotganiga urğu berib, bunga nima sabab bölgani bilan qiziqdi.
«Suv kelişi 35 foizga kamaydi. Yirik gidroelektr stansiyalari tomonidan elektr energiyasi işlab çiqarişning ötgan yilga nisbatan kamayişiga asosiy sabab şu. Quvvati 1-5 MVt gaça bölgan kiçik va mikro GESlarni işga tuşiriş orqali 140 mln kVt⋅soat elektr energiyasi işlab çiqarildi, ammo bu juda oz miqdor. Biz, albatta, gidroenergetikani rivojlantirişni davom ettiramiz, biroq u suv resurslariga boğliq bölgani sababli gaz iste’molini kamaytiriş maqsadida muqobil energiya manbalari, quyoş, şamol va energiya saqlaş tizimlariga e’tibor qaratmoqdamiz», deya ta’kidladi Mirzamahmudov.
Vazirning qöşimça qilişiça, suv energiyasini jamlaş stansiyalarini quriş ham rejalaştirilyapti. Öz navbatida yirik gidroelektr stansiyasini quriş 6 yildan 10 yilgaça davom etadi, şu jihatdan qisqa muddatda barqaror energiya ta’minotining eng arzon usuli «yaşil» energetika hisoblanadi.












