27 dekabr kuni Farğona viloyati Oltiariq tumanida xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoşida vafot etdi.
Şoir Shahriyor Shavkat feysbukdagi sahifasida yozişiça, u sönggi yillarda oğir kasallikka çalingandi.
Xonanda bir neça yil oldin koronavirus asoratlari bilan oğrigan va şifokor qabuliga borgan, unga «grija» taşxisi qöyilgan va jarrohlik amaliyoti ötkazilgan. Ammo muolajadan keyin ham unda muammo davom etgan.
Şundan keyin boşqa şifokorga uçraganida, taşxis çurra emas, şunçaki şamollaş bölgani, avvalgi şifokorlar operatsiyada Rahmatillo Yusupovning nerv tomirlarni «bilib-bilmay, tuşunib-tuşunmay kesib qöygani» oydinlaşgan.

Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo uni Toşkentga kuçli mutaxassis körigiga olib kelgan. Ammo bir neça kunlik tekşiruvdan keyin endi keç bölgani, tuzatişning iloji yöqligi aytilgan.
Rahmatillo Yusupov 1981 yil 15 sentabr kuni Farğona viloyati Oltiariq tumanida dunyoga kelgandi.
Bolaligidan marhum san’atkor Oxunjon Madaliyevga şogird tuşgan, keyinroq uslubi va imiji tufayli uni «ikkinçi Oxunjon Madaliyev» deb ham ataşgan.
100 dan ortiq qöşiqlar muallifi bölgan xonanda «Ketgim kelmayapti onajon» (Karim Bahriyev şe’ri), «Kelinçak» (Iqbol Mirzo şe’ri) kabi qöşiqlari bilan xalq orasida maşhur bölgan.
Uning ikki qiz farzandi yetim qoldi.













