Ukrainaning Zaporijjya viloyatidagi Gulyaypolening bir qismi Rossiya Qurolli kuçlari nazoratida, şahardagi vaziyat esa “haqiqatan ham murakkab”. Bu haqda yakşanba, 28 dekabr kuni, Ukraina armiyasining operativ birlaşmasi bölgan “Janub” guruhi mudofaa kuçlari Telegram’da ma’lum qildi.
Ukraina harbiylariga köra, RF QK hujum harakatlarini faol olib bormoqda va “mustahkamlaniş” (egallangan joyda örnaşib oliş) bölinmalarini şakllantirişga urinmoqda. “Janub” guruhi ma’lum qilişiça, Rossiya qöşinlari “ham tirik kuç, ham qurol-yaroğda sezilarli ustunlikka” ega: ular kamikadze-dronlar va artilleriyadan faol foydalanmoqda, boşqarilmaydigan aviatsiya raketalari bilan havodan zarbalar bermoqda hamda aviabombalarni qöllamoqda.
Xabarda aytilişiça, ötgan sutka içida RF qöşinlari şaharda Ukraina pozitsiyalariga qariyb yigirma marta hujum uyuştirgan, köçalarda şiddatli janglar ketmoqda. Şu bilan birga, “Gulyaypolening salmoqli qismini Ukraina mudofaa kuçlari hanuz uşlab turibdi”, deya ta’kidlanadi operativ birlaşma bayonotida.
Ukraina armiyasi baholaşiça, 28 dekabr kuni Rossiya armiyasi Gulyaypoleda 300 nafardan ziyod şaxsiy tarkibini va oltmişga yaqin texnika hamda qurol-yaroğni yöqotgan.
“Janub” guruhiga köra, Ukraina Zaporijjya viloyatidagi Stepnogorskda ham mudofaa harakatlarini davom ettirmoqda. Rossiya harbiylari asosiy yöl orqali posyolkaga kirişga urinmoqda, ammo aholi punktining bir qismi hali ham ukrain himoyaçilari nazoratida qolmoqda, deyiladi xabarda.
Ukraina mudofaa kuçlari ta’kidlaşiça, RF prezidenti Vladimir Putinning bayonotlari va RF QK boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimovning Gulyaypole hamda Stepnogorsk haqidagi hisobotlari “Kupyanskdagi vaziyat”ni eslatadi.
Bundan bir kun oldin Ukraina Qurolli kuçlari boş ştabi vakillari Kremlning Zaporijjya viloyatidagi Gulyaypoleni va Donetsk viloyatidagi Mirnoxradni egallagani haqidagi da’volari faktlar bilan tasdiqlanmasligini bildirgan.
Ukraina armiyasi, şuningdek, Donetsk viloyatidagi Konstantinovkaning yarmini nazoratga olgani haqidagi RF iddaolarini ham “uydirma” deb atagan. Bundan taşqari, Ukraina QK Pokrovsk (Donetsk viloyati) mudofaasi 17 oydan beri davom etayotgani, RF qöşinlari u yerda “sezilarli yöqotişlar” körayotganini ta’kidladi.
Ukraina boş ştabi bahosiga köra, “rossiyaliklarning yolğoni” avvalo “xorijiy şeriklar”ga qaratilgan bölib, “aynan tinçlik muzokaralari vaqtida keskin faollaşgan”.

















