Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp Zelenskiy va Putin bilan gaplaşdi
AQŞ prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yakşanba kuni Floridada bölib ötgan uçraşuvdan söng çiqiş qildi.
Har ikki tomon tinçlik muzokaralaridagi eng bahsli ikki masala — Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari va Donbass hududi böyiça oldinga siljişni ma’lum qildi. Trampning aytişiça, bir neça hafta içida muzokaralar muvaffaqiyatli böladimi-yöqmi, ayon böladi. Uning sözlariga köra, hudud masalasi böyiça bir neçta «tikanli muammolar» hanuz hal etilişi kerak.
Zelenskiy Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari böyiça kelişuvga erişilganini aytdi. Tramp esa biroz ehtiyotkorroq ohangda bu borada 95 foiz kelişuvga erişilganini bildirdi. U — Yevropa davlatlari AQŞ kömagida bu jarayonning «katta qismini öz zimmasiga olişini» kutmoqda.
Zelenskiy delegatsiyasi bilan uçraşuvdan biroz oldin Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplaşgan. Tramp bu suhbatni «samarali», Kreml maslahatçisi Yuriy Uşakov esa «döstona» deb ta’rifladi.
Uşakovning aytişiça, Putin Trampga Donbass masalasida «ortiqça keçiktirmay qaror qabul qilişi kerakligini» bildirgan.
Tramp Putin bilan ikki soatdan ortiq gaplaşganini aytdi. Unga köra, Putin Ukrainani qayta tiklaşga, jumladan, arzon energiya yetkazib berişga yordam berişni va’da qilgan. «Rossiya Ukrainaning muvaffaqiyatli bölişini xohlaydi. Bu biroz ğalati eşitiladi», dedi Tramp.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari masalasida siljiş haqida gapirdi. Unga köra, Yevropa yetakçilari yaqinda Parijda yiğilib, özlarining «aniq hissalarini» yakuniy şaklga keltiradi.
Xitoy Tayvan atrofida yirik harbiy maşğulot boşladi
29 dekabr kuni Xitoy harbiylari Tayvan atrofida quruqlik, dengiz, havo va raketa bölinmalarini safarbar qilayotganini e’lon qildi. Bu «katta harbiy maşğulotlar» Tayvan mustaqilligiga intiliş va orolga «taşqi aralaşuv»ga qarşi jiddiy ogohlantirişdir.
«Adolat missiyasi–2025» deb nomlangan maşğulotlar «asosiy portlar va muhim hududlarni blokada qiliş va nazoratga oliş»ni sinovdan ötkazadi, dedi Şarqiy Harbiy okrug qömondonligi.











