«Turkmengaz» davlat konsernining Tabiiy gaz ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari 1963 yildan beri tabiiy gaz yer yuzasiga çiqib, yonayotgan Markaziy Qoraqumdagi «Darvoza» kraterining nazoratsiz yonişini bartaraf etiş usulini işlab çiqdi. Yeçim yangi quduq burğilaş va gaz oqimlarini qayta yönaltirişga asoslangan. Bu haqda «Nebit-Gaz» naşriga tayanib «Turkmenportal» xabar berdi.
«Aniqlangan geologik va gidrodinamik xususiyatlarni inobatga olgan holda Tabiiy gaz ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan Çaljulba konida ekspluatatsion baholaş quduğini burğilaş taklifi berildi. Zaxiralari böyiça eng siğimli qatlamdan gazni jadal oliş hisobiga filtratsiya oqimlari yönalişini özgartiriş va kraterga gaz çiqişini sezilarli darajada kamaytiriş imkoniyati yaratildi», deyiladi xabarda.
Yonayotgan krater Aşxoboddan 260 km şimoldagi Darvoza qişloği yaqinida joylaşgan. U yarim asrdan köproq vaqt oldin, 1963 yilda (ba’zi manbalarda 1971 yilda) geologik işlar natijasida paydo bölgan. Gaz konini örganiş paytida geologlar quduqni burğuladi va böşliqqa duç keldi, oqibatda tuproqning yuqori qatlamlari va burğulaş qurilmasi qulab tuşdi. Teşik hosil bölib, undan tabiiy gaz sizib çiqa boşladi.
Mahalliy aholi va hayvonlar gazdan zaharlanmasligi uçun krater qasddan yoqib yuborildi. Gaz bir neça kundan keyin yonib tugaşi rejalaştirilgan edi, ammo u köp qatlamli kon bölgani sababli bugungi kungaça yonişda davom etmoqda. Kraterning kengligi taxminan 60 m, çuqurligi esa taxminan 20 m. Krater rasmiy ravişda «Qoraqum şu’lasi» va norasmiy ravişda «Dözax darvozasi» deb nomlangan mahalliy diqqatga sazovor joyga aylandi.
2010 yilda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kraterning yonişi yaqin atrofdagi gaz konlarini özlaştirişga xalaqit bermasligi uçun uni öçirişni buyurgan edi. 2022 yilda u öz talabini takrorladi. Prezident yer ostidan sizib çiqayotgan gaz mahalliy aholi salomatligi va hududdagi ekologik vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotganini ta’kidladi. Bundan taşqari, tabiiy gazni eksport qiliş va foyda oliş mumkin bölgan holda isrof qilinayotganini aytdi.

















