Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir yil ichida dollarda milliarderga aylanganlar soni qariyb 300 kishiga oshdi
Tarmoqlar bo‘yicha eng katta o‘sish ishlab chiqarish sohasida qayd etildi - ushbu sektorda milliarderlar boyligi 27,1 foizga oshib, 1,7 trillion dollarga yetgan. IT sohasida aktivlar 3 trillion dollarga (+23,8 foiz), moliya sektorida 2,3 trillion dollarga (+17 foiz), iste’mol tovarlari va chakana savdoda esa 3,1 trillion dollarga (+5,3 foiz) oshgan.
Foto: Reuters
2025 yil apreliga qadar bo‘lgan bir yil ichida dunyodagi dollar milliarderlari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 287 nafarga oshdi. Bu kuzatuvlar tarixidagi eng katta yillik o‘sishlardan biridir.
Shveytsariyaning UBC banki tomonidan e’lon qilingan taqdiqotga ko‘ra, milliarderlarning umumiy soni 2919 kishiga yetgan. Ularning jami boyligi 13 foizga ko‘payib, 15,8 trillion dollarni tashkil etadi.
Yangi milliarderlar orasida 91 kishi boylikni meros orqali qo‘lga kiritgan bo‘lib, ushbu mablag‘larning umumiy miqdori 298 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu — rekord ko‘rsatkichdir. Tadqiqotga ko‘ra, yaqin 15 yil ichida milliarderlardan merosxo‘rlarga kamida 5,9 trillion dollar pul o‘tkazilgan.
AQShda milliarderlar boyligi 18 foizga oshib, 6,9 trillion dollarga yetgan, ularning soni ham 924 kishigacha oshgan. Butun dunyo milliarderlarining qariyb uchdan bir qismi Qo‘shma Shtatlarda yashaydi. Bir yil ichida ro‘yxatga 109 nafar yangi ism qo‘shilgan bo‘lsa, 18 kishi esa undan chiqib ketdi.
Mintaqalar kesimida ikkinchi o‘ringa Osiyo–Tinch okeani joylashgan: bu yerda milliarderlar boyligi 4,2 trillion dollarni tashkil etadi (+11,1 foiz). Undan keyingi o‘rinlarda 4,1 trillion dollar (+10,4 foiz) boylik bilan Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika keladi.
Tarmoqlar bo‘yicha eng katta o‘sish ishlab chiqarish sohasida qayd etildi — ushbi sektorda milliarderlar boyligi 27,1 foizga oshib, 1,7 trillion dollarga yetgan. Bu summaning sezilarli qismi Ilon Mask hissasiga to‘g‘ri keladi. IT sohasida aktivlar 3 trillion dollarga (+23,8 foiz), moliya sektorida 2,3 trillion dollarga (+17 foiz), iste’mol tovalari va chakana savdoda esa 3,1 trillion dollarga (+5,3 foiz) oshgan.
Mavzuga oid
17:09 / 08.09.2025
Amerika milliarderlari Oq uyda Tramp bilan nimani gaplashdi?
22:09 / 01.05.2025
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi
20:26 / 10.04.2025
Dunyo milliarderlarining boyligi bir kunda rekord darajada - 304 mlrd dollarga ko‘paydi
20:12 / 29.10.2024