Germaniya TIV Rossiya taşqi işlar vazirligining göyoki Germaniyada davlat amaldorlari tomonidan Rossiya fuqarolari ta’qib qilinayotgani haqidagi ayblovlarini rad etdi. DW savoliga javob berar ekan, Germaniya TIV vakili Yozef Xinterzeyer bu haqda duşanba kuni, 29 dekabrda ma’lum qildi.
“Germaniyada Rossiya fuqarolari uçun göyoki qandaydir tahdid bor, degan şakldagi bunday ayblov körinişidagi işoralarni biz qat’iy rad etamiz”, — dedi u. “Germaniyada matbuot va fikr bildiriş erkinligi ustuvor, bu haqda biz avval ham boşqa muammolar majmuasi doirasida aytganmiz. Şuning uçun Rossiya TIV vakilasining hozirgi bayonotlari, afsuski, kutilmagan narsa bölmasa-da, mutlaqo haqiqatga töğri kelmaydi”, — deya ta’kidladi Xinterzeyer.
Xinterzeyer ötgan hafta Rossiya TIVning RF fuqarolariga “öta zarurat bölmasa GFRga safardan tiyiliş” böyiça tavsiyasiga munosabat bildirdi. Moskva bu tavsiyani “davlat amaldorlari tomonidan Rossiya fuqarolari va vatandoşlariga nisbatan asossiz ta’qiblar” bilan izohlagan edi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga köra, bu tavsiya “Germaniyaga xizmat safariga yuborilayotgan jurnalistlar korpusi vakillari uçun ham foydali bölişi mumkin, çunki muammolar bor”.
Rossiya TIV saytidagi tavsiyada rossiyaliklar hatto şaxsiy foydalaniş uçun xarid qilingan, lekin sanksiyalar röyxatiga kiritilgan ayrim buyumlar Germaniya bojxonasida musodara qilinişi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.
Misol sifatida Zaxarova brifingda Peterburgning “Zenit” futbol klubi murabbiyi Sergey Semak va uning rafiqasi bilan boğliq holatni tilga olgan: dekabr oyi boşida Semakning xotini blogida, ular Myunxen aeroportida tax free rasmiylaştirayotganida töxtatilgani, şundan keyin 300 yevrodan qimmat xaridlari olib qöyilganini aytgan.
“Bunday holatlar yakka holat emas. GFR de-fakto muayyan millatga mansub odamlar, bu holatda — Rossiyadan kelganlar, mamlakatimiz fuqarolari, ruslar, rossiyaliklar uçun huquqsizlik hududiga aylantirilgan”, — degan Zaxarova.












