Prezident Şavkat Mirziyoyev Yangi Toşkent hududidagi bunyodkorlik işlarining borişini közdan keçirdi.

Davlat rahbari dastlab yer osti avtoturargohi va piyodalar ötiş yölagini barpo etiş işlarini közdan keçirdi. Quriliş maydoni 40 ming kvadrat metrdan iborat bölgan, qiymati 100 million dollarlik mazkur avtoturargohda birinçi bosqiçda 200 ta yengil avtomobil hamda 30 ta mototsikl va skuterlarni joylaştiriş imkoniyati böladi. Tört tomonlama qulay va xavfsiz harakatlaniş uçun piyodalar yölagi quriladi. Prezident bu kabi zamonaviy avtoturargohlarni köpaytiriş, ular aholi uçun maksimal darajada qulay bölişini ta’minlaş yuzasidan körsatmalar berdi.

Yangi Toşkentda vazirlik va idoralar işini taşkil etiş uçun ma’muriy binolar qurilmoqda. Jumladan, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining modul turdagi yangi binosi barpo etilgan. Mazkur bino vazirlikning markaziy apparati hamda tizimdagi taşkilotlarni bir makonda joylaştiriş imkonini berib, muassasalar örtasidagi hamkorlik va iş jarayonlarining samaradorligini oşiradi.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş respublika markazi ham şu binoda joylaşgan. Hozirda markaz tomonidan “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimi negizida bir qator platformalar işga tuşirilgan. Davlat rahbariga platformalar faoliyati haqida ma’lumot berildi. Tizimni yanada takomillaştiriş, şaffoflaştiriş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berildi.

Davlat rahbari şu yerda yoş mutaxassislar bilan suhbatlaşdi.

– Keçagi bilim bilan bugun katta natijalarga erişiş qiyin. Buning uçun har kuni izlaniş, aniq fanlar, xususan, axborot texnologiyalarini yaxşi örganiş kerak, bu quriliş sohasida ham juda muhim, – dedi Mirziyoyev.

Şuningdek, davlat rahbari “Şarq bahori” turar joy majmuasining quriliş maydoniga taşrif buyurdi. Majmua mintaqamizdagi eng yirik uy-joy loyihalaridan biri hisoblanadi. 95 gektar hududda 15 mingga yaqin xonadondan iborat köp qavatli uylar quriladi. Aholining şaxsiy transport vositalarini saqlaşi uçun uylarning yer osti qismlarida avtoturargohlar taşkil etiladi. Majmuadan 5-10 daqiqalik masofada boğ, metro bekati, ma’muriy binolar va ijtimoiy muassasalar qayd rostlaydi.