30 dekabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bölib ötdi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Rossiya Prezidentining Nijniy Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilişga urinişni qat’iy qoraladi. Bunday xatti-harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, şu jumladan uzoq muddatli tinçlikka erişişga qaratilgan sa’y-harakatlarga tahdid solişi ta’kidlandi.
Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtai nazaridan Özbekiston–Rossiya strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi, bölajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Suhbat yakunida yetakçilar kirib kelayotgan yangi — 2026 yil munosabati bilan bir-birini qutlab, mustahkam soğliq, baxt-saodat va farovonlik, ikki mamlakatning birodar xalqlariga esa tinçlik-osoyiştalik va bardavom ravnaq tiladi.












