«Aholining alohida turdagi iste’mol mahsulotlariga bölgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlaşga hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini yanada qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar asosida Özbekiston hududiga olib kiriladigan quyidagi tovarlar 2026 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi:
- elektromobillarni quvvatlantiriş stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uçun texnologik asbob-uskunalar;
- pilla yigiriş va ipak gazlama töqiş dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti uruği va köçatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat uruğlari.
2026 yil 1 yanvardan 2031 yil 1 yanvargaça «Çiqindi poligonlarini boşqariş direksiyasi» davlat muassasasi va quyidagi barça şartlarga bir vaqtning özida javob beradigan soliq tölovçilar uçun mazkur faoliyat turi böyiça foyda soliği va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi:
- çiqindilarni töplaş, olib çiqiş, saralaş va qayta işlaş faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari böyiça jami daromadining kamida 90 foizini taşkil etgan bölsa;
- har oyda har bir xodimga iş haqi miqdori mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bölmagan miqdorda hisoblangan bölsa.

















