Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) yil yakunlari böyiça eng yaxşi futbolçilar uçun yangi mukofot ta’sis etilganini e’lon qildi.
Ta’kidlanişiça, FIFA yangi mukofotni Dubay sport kengaşi (DSC) bilan hamkorlik doirasida topşiradi. Birinçi taqdirlaş marosimi 2026 yilda Dubayda bölib ötadi.
«2026 yildan boşlab uşbu tadbir butun dunyodan eng nufuzli futbol arboblarini töplaydigan, ötgan yil davomida eng yaxşi öyinçilar, jamoalar va ajoyib öyin yutuqlarini e’tirof etadigan FIFAning yagona rasmiy yillik taqdirlaş marosimi böladi», deyiladi xabarda.
FIFA 1991 yildan beri yilning eng yaxşi futbolçisini aniqlamoqda. Taşkilot 2009 yilgaça mukofotni mustaqil ravişda topşirgan, 2010 yildan 2015 yilgaça mukofot France Football bilan birgalikda topşirilgan va «FIFA Oltin töpi» deb nomlangan. 2016 yildan beri mukofot yana alohida topşiriladigan böldi: France Football naşrining «Oltin töp»i va FIFA versiyasi böyiça (FIFA Best).
FIFA Best mukofotining sönggi ğolibi - 2025 yilning eng yaxşi futbolçisi sifatida - «Pari Sen-Jyermen» hujumçisi Usmon Dembele böldi.












