Strategiya loyihasiga muvofiq, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan şuğullaniş uçun şart-şaroitlarni yaxşilaş hamda aholining faol hayot tarzini qöllab-quvvatlaş çoralari kuçaytiriladi. Şu doirada kamida 5 mingta mahallada sport maydonçalari barpo etiş maqsad qilingan. Uşbu taşabbus mahallalarda sport bilan şuğullaniş imkoniyatlarini yaqinlaştiriş, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş va soğlom turmuş tarzini ommalaştirişga qaratilgan.

Loyihada ommaviy sport tadbirlarini taşkil etiş orqali yoşlar qamrovini 8 milliondan oşiriş ham rejalaştirilgan. Bundan taşqari, sport bilan şuğullanişga jalb qilingan aholi uluşini 36 foizga yetkaziş közda tutilmoqda.

Şuningdek, xususiy sport markazlari, fitnes-maydonlar va tögaraklar bilan hamkorlik asosida 7–35 yoşli aholining sport maşğulotlariga doimiy qatnaşiş darajasini 40 foizga oşiriş maqsadi belgilangan. Bu orqali mahalla darajasidagi sport infratuzilmasi bilan xususiy sektor imkoniyatlarini uyğunlaştirib, maşğulotlar uçun barqaror muhit yaratiş közda tutiladi.

Professional sport yönalişida esa sport-ta’lim muassasalarida muntazam şuğullanuvçi yoşlar uluşini 10 foizga oşiriş, sport sohasiga xususiy investitsiyalar hajmini 50 foizga köpaytiriş rejalaştirilgan. Umumta’lim maktablarida taşkil etilgan sport klublarida 950 mingta yoş muntazam şuğullanişi uçun imkoniyat yaratiş maqsadi ham loyihada qayd etilgan.

Mazkur çora-tadbirlar sport infratuzilmasini kengaytiriş, aholining jismoniy faolligini oşiriş va soğlom turmuş tarzini hayot me’yoriga aylantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.