Kiyev ittifoqçilari Moskva tomonidan Novgorod viloyatida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning davlat rezidensiyasiga göyo hujum bölgani haqida aytilgan da’volar yolğon ekanini tasdiqlay oliş imkoniyatiga ega. Bu borada Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy seşanba kuni, 30 dekabrda işonç bildirdi.

“Valdayga hujum masalasiga kelsak, bizning muzokara guruhimiz Amerika jamoasi bilan boğlandi, ular tafsilotlarni örganişdi va biz bu — soxtalik ekanini tuşunyapmiz. Albatta, hamkorlarimiz har doim özlarining texnik imkoniyatlari tufayli bu (hujum haqidagi ma’lumot — tah.) soxta bölganini tekşirib körişi mumkin”, — dedi Zelenskiy matbuot vakillari bilan muloqotda.

Ukraina rahbarining tuşuntirişiça, Moskva Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça tinçlik kelişuvi imzolanişiga, şuningdek mamlakatda referendum ötkazilişiga tösqinlik qiliş uçun şunday “taşlamalar” qiladi va “boşqa bahonalarni öylab topadi”. “Rossiyaliklar heç qanday referendumni xohlamaydi. Ular bizga xavfsizlik berişni istamaydi. Ular öt oçişni töxtatiş röy bermasligi uçun doim yangi-yangi sabablar topadi. Referendumni esa xavfsiz infratuzilmasiz ötkazib bölmaydi”, — deya urğu berdi u.

Ukraina rahbari sözlariga köra, Kiyev xavfsizlik kafolatlari doirasida Ukrainada Amerika qöşinlari bölişi ehtimolini AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Zelenskiy Ukraina uruşni qanday yakunlaş haqidagi muzokaralarni davom ettirişga sodiq ekanini ta’kidlab, Putin bilan istalgan formatda uçraşişga tayyorligini ham qöşimça qildi.

Bundan avval, 30 dekabr kuni Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa Kiyev Birlaşgan Arab Amirliklari, Pokiston va Hindistonning izohlariga “köngil qolişi va xavotir” bilan javob berganini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, ular “hujum bölmagan” holat böyiça “öz xavotirini bildirgan”.

“Bu yanada hayratlanarli, çunki mazkur uç davlatning heç biri 2025 yil 7 sentabr kuni haqiqiy Rossiya raketaci Ukraina hukumatining haqiqiy binosiga kelib urilganida rasmiy bayonot bilan çiqmagan”, — deb yozdi Sibixa X ijtimoiy tarmoğida. “Rossiyada yolğon da’volarning uzoq tarixi bor — bu ularning öziga xos taktikasi. Masalan, 2022 yil boşida Rossiya Ukrainaga hujum qilmasligini aytgan edi. Ular köpinça özi rejalaştirayotgan işda boşqalarni ayblaydi. Ularning gaplarini heç qaçon sözsiz haqiqat deb qabul qilmaslik kerak”, — deya qöşimça qildi Ukraina TIV rahbari.

Zelenskiy Rossiya bayonotlariga ayrim davlatlarning munosabatidan noroziligini ham bildirdi. Ukraina rahbari Moskva avval ham Kiyevdagi hukumat kvartaliga zarba berganini esladi.