«Özbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, davlat organlari va taşkilotlaridagi korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalarining faoliyati Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bilan uzviy hamkorlikda taşkil etiladi.
2026 yil 1 iyuldan davlat organlari va taşkilotlarida 2030 yilgaça bosqiçma-bosqiç korrupsiyaga qarşi Milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimi joriy etiladi.
Uşbu tizim birinçi navbatda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş tizimi natijalariga köra «qoniqarsiz» deb baholangan davlat organlari va taşkilotlarida joriy etiladi.
Davlat organlari va taşkilotlarida Milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimini joriy etiş Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka muvofiq bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.
Milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimining belgilangan muddatlarda joriy etilmagani davlat organi yoki taşkiloti rahbari va örinbosarlariga tizim joriy etilgunga qadar bölgan muddatda barça rağbatlantiriş tölovlari töxtatib turilişiga sabab böladi.
Agentlik, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari, ilmiy muassasalar, korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari va fuqarolik jamiyati institutlarining doimiy hamkorligiga asoslangan Korrupsiyaning oldini olişning yaxlit tizimi joriy etiladi.












