Ukrainadagi uruş Yevropa mamlakatlariga, jumladan Germaniyaga ham töğridan töğri daxl qiladi, çunki u Rossiya Federatsiyasining butun Yevropaga qarşi qaratilgan rejasining bir qismi, dedi FRG kansleri Fridrix Mers Germaniya fuqarolariga yangi yil tabrigi sifatida yöllagan telemurojaatida. Uning matni çorşanba kuni, 31 dekabrda e’lon qilingan.

“Yevropada dahşatli uruş avj olmoqda. Bu — töğridan töğri erkinligimiz va xavfsizligimizga tahdid solayotgan uruş”, — dedi Mers.

“Rossiya Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşini ayovsiz şafqatsizlik bilan davom ettirmoqda. Törtinçi yil ketma-ket ukrainlar yangi yilni eng oğir şaroitlarda nişonlaydi — köplari elektrsiz, raketalar yoğdulari ostida, döstlari va yaqinlari uçun xavotirda”, — dedi u.

“Bu bizga aloqasi yöq, uzoqdagi qandaydir uruş emas. Çunki biz tobora ravşanroq köryapmiz: Rossiyaning bostirib kirişi butun Yevropaga qarşi qaratilgan rejaning bir qismi bölgan va şunday bölib qolmoqda. Har kuni, jumladan Germaniya ham diversiyalar, josuslik va kiberhujumlarga duç kelmoqda”, — deya qöşimça qildi kansler.

Mers Germaniyada energiya taşuvçilar qimmatlaşişida Rossiyani töğridan töğri ayblamadi, ammo şunday dedi: “Xomaşyoga bölgan strategik qaramligimiz tobora köproq manfaatlarimizga qarşi siyosiy dastak sifatida işlatilmoqda”. Bu dastakni aynan kim işlatayotganini kansler aniq aytmadi.

Siyosatçi, şuningdek, Germaniyada mudofaa xarajatlari oşirilişi va armiyaga çaqiruvning yangi tizimi haqida ham alohida fikr bildirdi. “Bilaman, dunyodagi noaniqlik sabab köplab fuqarolar tinçlik masalasidan xavotirda. Sizlarga aytaman: biz öz xavfsizligimizni ta’minlayapmiz”, — dedi Fridrix Mers.

“Biz xavfsiz mamlakatda yaşaymiz. Bu kelgusida ham şunday bölib qolişi uçun, biz tiyib turiş qobiliyatimizni oşirişimiz kerak. Biz özimizni himoya qila olişni xohlaymiz — şunda bunga majbur bölib qolmaymiz”, — deya xulosa qildi kansler.