Rossiya adliya organlari Vladimir Putin tasviri tuşirilgan karnaval figuralari sabab nemis haykaltaroşi Jak Tilliga qarşi qözğatilgan jinoiy iş böyiça ilk sud majlisini keyinga surdi. Işni mohiyatan körib çiqiş 30 dekabr, seşanba kuni boşlanişi kerak edi, ammo oçiq eşituv 2026 yil 28 fevralga köçirildi. Bu haqda 30 dekabr kuni WDR telekanali xabar berdi.

Ayblov versiyasiga köra, haykaltaroş Putin tasviri tuşirilgan karnaval figuralarini yaratiş orqali Rossiya armiyasi haqida “feyklar” tarqatgan. Platformalardan birida Rossiya prezidenti Ukraina bayroği ranglariga böyalgan qon töla vannada çömilayotgan qilib tasvirlangan. Boşqasida esa Putin tomoşabinlar oldida qamoqxona kiyimida namoyon bölgan.

Tergov da’vo qilişiça, Tillining harakatlari siyosiy nafrat bilan rağbatlantirilgan. Rossiya qonunçiligiga köra, unga yirik jarima yoki 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş tahdid solişi mumkin.

Iş 15 dekabr kuni sudga yuborilgan, dastlabki yopiq majlis esa 24 dekabr tongida ötgan. Sud tafsilotlarni oşkor qilmayapti.

Germaniya hukumati Tilliga Rossiya bilan yaqin munosabatda bölgan va, masalan, RF bilan ekstraditsiya kelişuvlari tuzgan davlatlarga safar qilmaslikni tavsiya etgan. Bunday mamlakatlar qatoriga ayrim Afrika davlatlari, jumladan Misr ham kiradi. Şu bilan birga, federal hukumat ehtiyot çorasi sifatida satirik karnaval figuralari muallifiga hozirça Turkiyaga ham bormaslikni maslahat bergan.

Tilli avvalroq sud jarayonida qatnaşmasligini va advokat ham tayinlamasligini aytgan, çunki öz sözlariga köra, bu orqali u mazkur sudga ahamiyat berib qöyişni istamaydi.

DW'ga bergan intervyusida u şunday degan: “Men hayron qoldim va avval işona olmadim. Bu hazil deb öyladim, ammo bu haqiqat. Rossiyada satira, ehtimol, juda jiddiy qabul qilinadi”. Haykaltaroş ta’kidlaşiça, u heç qaçon Rossiya armiyasini tasvirlamagan, balki faqat Putinni masxara qilgan. Şu bilan birga, uning aytişiça, hukmni intiqlik bilan kutyapti.

Jak Tilli — nemis haykaltaroşi va Dyusseldorfdagi “puşti duşanba” deb ataladigan karnaval yurişlari uçun satirik figuralar muallifi. Uning işlari muntazam ravişda xalqaro e’tiborni tortadi, Putinga bağişlangan figuralar esa bir neça bor Germaniya va jahon OAVning birinçi sahifalarida çiqqan.