Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari Qamçibek Taşiyev Xitoyning China Road kompaniyasi vakillariga qirğiz tilini örganiş böyiça topşiriq berdi.
U Issiqköl viloyatida avtomobil yöllari qurilişi böyiça ötkazilgan yiğiliş vaqtida Barskoon – Qoraköl yöli uçastkasiga kim mas’ul ekanini söragan. China Road vakili rus tilida javob qaytarib, bu yölda aynan uning kompaniyasi iş olib borayotganini tasdiqlagan.
Şundan keyin Taşiyev Qirğizistonda qariyb 20 yildan beri faoliyat yuritayotgan kompaniya vakillarini haligaça davlat tilini bilmasligi uçun koyigan va ulardan mahalliy tilni örganişni boşlaşni talab qilgan.
«Nima uçun hali ham qirğiz tilini örganmagansizlar? China Road Qirğizistonda neça yildan beri işlaydi? 20 yil beri! Nima, qirğizça gapirişni bilmaysizmi? Örganing!» – deydi u.
Xitoyliklar vakili esa uning sözlarini boş irğab ma’qullagan.
Bundan taşqari, Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari 75 kilometrlik yöl qurilişi muddatlarini muhokama qildi. Kompaniya vakili şartnoma böyiça işni 2028 yil 1 sentabrgaça yakunlaş rejalaştirilganini ma’lum qildi, biroq işlarni muddatidan oldin – 2027 yil oxirigaça yakunlaşga va’da berdi.












