2025 yil dekabr oyida inflatsiya 0,9 foizni tashkil etib, yillik inflatsiya 7,3 foizga teng bo‘ldi, deya ma’lum qildi Milliy statistika qo‘mitasi.
2024 yilgi inflatsiya 9,8 foiz bo‘lgandi. Shunga ko‘ra, 2025 yilda narx-navolar oshishi 2,5 foiz punktiga sekinlashdi.
Statqo‘m hisobotiga ko‘ra, 2025 yilda tovarlar narxi 5,4 foizga ko‘tarildi: bunda oziq-ovqat mahsulotlari 5,5 foizga oshgan bo‘lsa, nooziq-ovqat tovarlar 5,1 foizga qimmatlashdi.
Yil davomida xizmatlar inflatsiyasi 13,9 foizni tashkil etdi.
Oziq-ovqatlar
2025 yilda qo‘y go‘shti 26,8 foizga, suyaksiz mol go‘shti 25,0 foiz, suyakli mol go‘shti 23,9 foizga qimmatlashdi.
Paxta yog‘i narxi 17,7 foizga, kungaboqar yog‘i narxi 12,7 foizga ko‘tarildi.
Sut 5,7 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, parranda go‘shti narxi 3,7 foizdan 4,2 foizgacha oshdi.
Sabzavotlardan karam 31,8 foiz, pomidor 25,1 foiz, bodring 16,0 foiz, sabzi 10,8 foiz, baqlajon 8,0 foizga qimmatladi.
Tsitrus mevalar narxi o‘tgan yili 33,6 foizga ko‘tarilib ketdi. Xususan, limon narxi 96,4 foizga ko‘tarildi.
Shu bilan birga, guruch 16,6 foizga, tuxum 14,5 foizga arzonlashdi. Shakar narxi 4,8 foiz, un narxi 4,7 foizga pasaydi.
Bulg‘or qalampiri 14,9 foizga arzonladi.
Yoqilg‘i-energetika
2025 yilda kommunal inflatsiya quyidagicha bo‘ldi:
- tarmoq gaz – 39,2 foiz;
- sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari – 35,1 foiz;
- maishiy chiqindilarni olib ketish 32,5 foiz;
- suyultirilgan gaz – 25,0 foiz;
- elektr energiyasi – 18,8 foiz
- issiq suv ta’minoti – 11,9 foiz;
- isitish xizmati – 11,5 foiz.
Turar joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun materiallar 5,4 foizga qimmatladi.











