Uruşni töxtatiş böyiça muzokaralar davom etarkan, ayrim tahlilçilar fikriça, ham frontdagi, ham iqtisodiyotdagi vaziyat bir bölib Rossiyani bir qator ambitsiyalaridan voz keçişga majbur qilmoqda. Lekin bu mulohazaga qarşi fikrlar ham bor. Ayni mavzu Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida bahsni keltirib çiqardi.

Zelenskiy Donbassdan har ikki tomonning qöşinlarini olib çiqqan holda, erkin iqtisodiy zona taşkil etiş masalasini referendumga qöyişga tayyorligini aytdi. Lekin referendumning Rossiyani qoniqtirmaydigan natija bilan tugaşi ehtimoli bu taşabbusga RFning munosabatini söroq ostida qoldirmoqda.

Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Rossiyaning ambitsiyalari özgarib borayotgani yoki yöqligi haqida söz yuritdi.

Şuhrat Rasul: Butun uruş davomida Rossiya talablari dinamikasi muttasil özgarib bordi. Dastlab 2022 yil mart oyida Istanbulda ilgari surilgan talablardan bugun deyarli heç narsa qolmadi. Rossiya uruşni boşlaş arafasida, xususan, uruş boşlangan kuni Putinning maşhur “maxsus operatsiya maqsadlari” haqidagi nutqini eslaylik: u yerda Ukraina davlatçiligi yöq qilinişi aytilgan edi. Ammo Ukraina davlatçiligi yöqolmadi.

“NATOning şarqiy blokidan hamma çiqib ketadi” degan talablar ham özini oqlamadi – heç kim u yerdan çiqib ketmadi. Aksinça, ikki kun oldin Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Ryabkovning özi Yevropa Ittifoqiga murojaat qilib: “Agar xohlasangiz, Yevropa va Yevropa Ittifoqiga hujum qilmaslik majburiyatini konstitutsiyamizga kiritib qöyamiz”, dedi. Holbuki, aynan şu Ryabkov avvalroq NATOdan 1997 yilgi çegaralargaça infratuzilmani olib çiqişni talab qilgan edi. Bugun esa Rossiya bu talablardan birortasini ham kun tartibiga qöyayotgani yöq.

Rossiya hatto “törtta viloyatni qöşib oldik, Xerson va Zaporojyeni töliq ma’muriy çegaralari bilan berasizlar” degan talablarni ham bekor qildi. Boşqaça aytganda, Rossiya ilgari surib kelgan göyoki kapitulyatsion talablar transformatsiyaga uçrab, hozir Ukraina va Yevropaning pozitsiyasiga ança yaqinlaşdi. Hozirça asosiy tortişuv taxminan 20 foiz hudud masalasi atrofida ketyapti.

Bundan taşqari, yana ikki-uçta pozitsiya mavjud. Katta ehtimol bilan, biz doim aytib kelganimizdek, hozir “mustahkamlik poygasi” ketmoqda: qaysi davlatning içki resurslari va çidamliligi kuçliroq ekani sinovdan ötmoqda. Rossiya uzoq vaqt yolğon işlatib keldi: “Bizning zaxira mustahkamligimiz kuçli, kerak bölsa 20 yil uruşamiz”, degan bayonotlar yangradi. Putinning özi ham: “Iqtisodimiz zör, sanksiyalar bizga faqat foyda keltiryapti”, degan ritorikani tinimsiz takrorlab keldi. Ammo faktlar boşqaça manzarani körsatdi.