Ma’lumotlarga köra, kambağallik darajasini hisoblaş metodologiyasi Jahon banki tavsiyasi asosida 16 mingta uy xöjaligi budjetini örganiş orqali amalga oşirilgan.
Qayd etilişiça, kambağallik dinamikasida izçil pasayiş kuzatilgan: 2023 yil — 14 foizdan 11 foizga, 2024 yil — 8,9 foiz, 2025 yil — 5,8 foiz. Natijada 2025 yilda 302 ming oila kambağallik holatidan çiqarilgan. Kambağallik darajasining qisqarişi barça hududlarda qayd etilgan.
Eng yuqori ijobiy natijalar qator hududlarda kuzatilgan: Jizzax (11,8 foiz → 5,8 foiz), Xorazm (11,9 foiz → 6,7 foiz), Sirdaryo (11,3 foiz → 6,2 foiz), Qoraqalpoğiston (10,8 foiz → 6,6 foiz), Toşkent şahri (7,3 foiz → 3,5 foiz).
Şuningdek, kambağallik darajasi şaharlarda köproq qisqarib, 5,2 foiz (2024 yilda — 8,6 foiz), qişloq hududlarida esa 6,4 foiz (2024 yilda — 9,2 foiz)ni taşkil etgan.
Hisob-kitoblarga köra, hozirgi kunda respublikada kambağal aholi soni 2,2 million nafar. Kambağallikning pasayişi bandlikni oşiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va aholining iqtisodiy faolligini kengaytirişga qaratilgan islohotlar samarasi ekani bilan izohlanadi.












