Ekologiyani asraşga faqat korxonalar emas, oddiy fuqarolar ham öz hissasini qöşişi kerak — mas’uliyat har kimning özidan boşlanadi. Bu yönalişdagi çoralar uzoq muddatda barqaror bölişi uçun ekologiyani odat va kundalik madaniyatga aylantiriş kerak, deydi Mirziyoyeva.

Saida Mirziyoyeva intervyuda boşlangan köplab islohotlar uzoq muddatni közlaganini, ularda natijalar körina boşlaşi uçun vaqt kerakligini aytdi. Oxirgi paytlarda eng tez va körinadigan natija bergan taşabbuslardan biri ekologiya yönalişi bölganini ta’kidladi. Toşkentda ekologik vaziyat yomonlaşgaç qisqa vaqt içida keskin çoralar köriş uçun barça resurslar safarbar qilingan va prezident tomonidan kerakli qarorlar uçun “yaşil çiroq” berilgan. “Öşa keçayoq bizga kerak bölgan narsalarning barçasiga ruxsat böldi”, degan mazmunda fikr bildirdi u.

Mirziyoyevaning ta’kidlaşiça, şundan söng atrof-muhit muhofazasiga bölgan yondaşuv darajasi oşirildi: mas’ul idoralar faolligi kuçaytirildi, nazorat “qattiq nazorat” şakliga ötkazildi. U reydlar va tekşiruvlar orqali ekologik talablarga rioya etilişini ta’minlaşga harakat qilinganini, bu esa tez fursatda sezilarli özgariş berganini aytdi. Uning fikriça, tizimli harakat va qat’iy ijro bölsa, qisqa muddatda ham natija köriş mumkin.

Saida Mirziyoyeva ekologik barqarorlikni ta’minlaşda biznesning roliga alohida urğu berdi. Uning aytişiça, korxonalar filtr örnatişi va me’yorlarga amal qilişi şart — bu davlatniki böladimi yoki xususiy sektorniki, farqi yöq. “Ekologiya — bu madaniyat”, dedi u, ya’ni iş yuritiş madaniyati, mas’uliyat va jamoatçilik oldidagi burç sifatida qabul qilinişi kerak. Mirziyoyevaning ta’kidlaşiça, bu jarayonda faqat jarima yoki nazorat emas, tuşuntiriş va talabni töğri yetkaziş ham muhim.

Intervyuda u transport masalasiga ham töxtalib, avtomobillar bilan boğliq ekologik çoralar ham körib çiqilişini aytdi. Uning fikriça, faqat korxonalar emas, oddiy fuqarolar ham öz hissasini qöşişi kerak — mas’uliyat har kimning özidan boşlanadi. “Kovid davrida havo tozalanib, tabiat "özini tiklagani"ni kördik — demak, bu masala hal böladigan narsa”, degan mazmunda fikr bildirdi u.

Saida Mirziyoyeva şaxsiy hayotdan misol keltirib, ekologik yondaşuvni uyida ham qöllaşini aytdi. U uyini köp isitmasligini, energiyani tejaş va issiqlikka ortiqça örganib qolmaslik kerakligini ta’kidladi. Mirziyoyevaning aytişiça, 21–23 daraja — inson salomatligi uçun eng maqbul harorat, buni saqlaş ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan töğri. “Bolalar ham çiniqadi”, dedi u va Yevropa hamda Koreyada isitiş madaniyati boşqaça ekanini misol qilib keltirdi: ayrim joylarda pod’yezdlar isitilmaydi, xonadonlarda ham tejamkorlikka qattiq amal qilinadi. Uning fikriça, bu tajribadan Özbekistonda ham muayyan xulosalar çiqariş mumkin.