Germaniyaga noqonuniy kirişlar soni 2025 yilda 2023 yilga nisbatan ikki baravarga kamaygan. Bu haqda GFR federal politsiyasi statistikasida aytiladi, uni 1 yanvar, payşanba kuni dpa agentligi e’lon qildi.
Uşbu ma’lumotlarga köra, ikki yil avval politsiya Germaniyaga noqonuniy kirişning 127 549 ta holatini qayd etgan. Ayrim oylarda bu körsatkiç 20 000 tagaça yetib borgan. 2024 yilda GFR politsiyasi mamlakatga noqonuniy kiriş böyiça 83 572 ta urinişni röyxatga olgan, 2025 yilda esa — atigi 62 526 tani.
2024 yil sentabridan Germaniyaning barça taşqi çegaralarida hujjatlarni tekşiriş amalga oşirilmoqda, 2025 yil mayidan esa ular ayniqsa sinçkovlik bilan ötkazilyapti. Şu davr içida, ya’ni 2024 yil sentabridan buyon, politsiya 67 918 ta noqonuniy kiriş urinişini aniqlagan. Bunda 46 426 nafar xorijiy fuqaroga töğridan töğri çegarada yoki çegarani noqonuniy kesib ötgani sabab kiriş rad etilgan.
Bundan taşqari, Germaniyaga qayta kirişga taqiq qöyilgan 2 513 nafar xorijiy fuqaroga ham qayta kiriş rad etilgan. Şuningdek, federal politsiya ma’lum qilişiça, odam savdosi/noqonuniy olib ötiş (kontrabanda) bilan şuğullangan 1 945 kişi qölga olingan.
Germaniya kiruvçi Şengen hududi doirasida davlatlar orasida sayohat qilganda odatda hujjat tekşiruvi nazarda tutilmaydi. GFR çegaralarida hujjat tekşiruvlari vaqtinçalik çora sifatida joriy etilgan, ammo bugungi kunga kelib uni ikki marta uzaytirişgan.
2025 yil may oyida GFRning yangi içki işlar vaziri Aleksander Dobrindt mamlakat taşqi çegaralarini nazorat qiliş çoralarini kuçaytirgan. Şundan buyon federal politsiya çegaraning özidayoq kirişni rad etiş huquqiga ega böldi, jumladan boşpana söraş istagini bildirganlarga ham. Faqat “zaif (himoyaga muhtoj) guruhlar” — masalan, homiladorlar yoki bemorlar uçun istisno qilingan.











