Şveytsariya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT)da bir yil davom etadigan raislikni boşladi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati 1 yanvar, payşanba kuni xabar berdi.
“Biz (diplomatik muzokaralardagi) vositaçilik tajribamizdan muloqotni qöllab-quvvatlaş, işonçni mustahkamlaş va xavfsizlikni kuçaytiriş uçun foydalanamiz”, — deb aytgan edi kuzda Şveytsariya taşqi işlar vaziri Ignatsio Kassis. Uning sözlariga köra, YeXHTda raislik davrida Şveytsariya köp tomonlama va inklyuziv diplomatiyani kuçaytiriş, demokratik institutlarni ilgari suriş hamda inson huquqlari ustuvorligini qöllab-quvvatlaşni rejalaştirmoqda.
Şveytsariya YeXHTga 1996 va 2014 yillarda raislik qilganidan keyin uçinçi marta uşbu vazifani öz zimmasiga oladi. Mamlakat özining neytral maqomi va tinçlik muzokaralarida vositaçilik an’analari tufayli xalqaro diplomatiyada faol rol öynaydi.
Şveytsariya avvalgi raisligi davrida, 2014 yilda, Ukrainadagi Donetsk va Luxansk viloyatlaridagi janglarni kuzatiş uçun YeXHTning Maxsus monitoring missiyasini tuziş taşabbusini ilgari surgan.
YeXHT kuzatuvçilari öt oçişni töxtatiş rejimi va Rossiya hamda Ukraina örtasidagi Minsk kelişuvlarining buziliş holatlarini qayd etgan. Keng kölamli hujum boşlangaç, YeXHTning kuzatuv missiyasi işini töxtatişga va mamlakatni tark etişga majbur bölgan. Keyinroq esa missiya mandati rasman yakunlangan — YeXHTga a’zo davlatlar orasida konsensus bölmagani sababli.












