AQŞ prezidenti Donald Trampning ta’kidlaşiça, agar rasmiylar namoyişlarni qurol bilan bostirsa, Qöşma Ştatlar Erondagi namoyişçilarga «yordamga boradi».

«Agar Eron tinç namoyişçilarni öqqa tutsa va şafqatsizlarça öldirsa, bu ularning odatiy amaliyotidir, AQŞ ularga yordamga boradi. Biz harakatga tayyormiz va töliq qurollanganmiz», deb yozdi Tramp Truth ijtimoiy tarmoğida.

Butun Eron böylab beş kundan beri milliy valuta kursining keskin pasayişi va narxlarning oşişi tufayli norozilik namoyişlari davom etmoqda. 1 yanvar kuni Eron ommaviy axborot vositalari namoyişlar iştirokçilari orasida ham, huquq-tartibot idoralari xodimlari orasida ham birinçi qurbonlar paydo bölgani haqida xabar berdi. Ularning aniq soni noma’lum.

AQŞ 2025 yil iyun oyida 12 kunlik Eron-Isroil uruşi paytida Eron yadroviy obektlariga bir qator zarbalar berdi. 31 dekabr kuni Axios Tramp Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan uçraşuvda 2026 yilda Eronga yangi zarbalar beriş imkoniyatini muhokama qilgani haqida yozgan edi.