Ukraina Qurolli kuçlari 1 yanvar tongida Tataristonning Almetevsk şahridagi “Tatneft”ga tegişli yonilği/neft saqlaş inşootiga dronlar bilan zarba berdi. Uşbu sanoat obekti hududning şimoliy konlaridan olinadigan neftni yiğiş va saqlaş uçun foydalaniladi.
Almetevsk tumani rahbari Gyuzel Xabutdinova sözlariga köra, hujumdan keyin rezervuarlar hududida yonğin boşlangan — u bir neça soatdan söng öçirilgan. Mahalliy hokimiyatlar ma’lum qilişiça, dron (uçuvçisiz apparat)lar reydi oqibatida heç kim jabr körmagan.
1 yanvar keçasi Ukrainaning hujumkor dronlari Krasnodar ölkasidagi Ilskiy neftni qayta işlaş zavodi (NQZ)ga hujum qildi. Dron parçalari korxona hududiga tuşişi natijasida yonğin çiqqan va mahalliy hokimiyatlar bayonotiga köra, u tonggaça öçirilgan.
NQZ “Kuban neftegaz kompaniyasi”ga tegişli bölib, Rossiya janubidagi eng yirik neft qayta işlaş zavodlaridan biri hisoblanadi. Zavod avval ham bir neça bor Ukraina dronlari uçun nişon bölgan. Ukraina Boş ştabi korxona “Rossiya Qurolli kuçlarini ta’minlaşga jalb etilgan”ini ta’kidlagan.
Ukraina harbiylari Tataristondagi yonilği ombori va Krasnodar ölkasidagi NQZga berilgan zarbalarni tasdiqlagan.
RF Mudofaa vazirligi esa 1 yanvar keçasida HHM kuçlari 168 ta Ukraina dronini urib tuşirganini ma’lum qildi, şulardan 25 tasi — Krasnodar ölkasi ustida, yettitasi — Kaluga viloyati ustida. Vazirlik Almetevskdagi “Tatneft” obektiga zarba berilgani haqida ma’lum qilmagan.


















