Germaniya tarixidagi eng yirik öğriliklardan biri hisoblangan Gelzenkirxendagi Sparkasse banki filialidagi holat paytida jinoyatçilar 100 million yevrodan ortiq mablağni qölga kiritgan. Bu haqda nemis tabloidi Bild juma kuni, 2 yanvarda yozdi. Avvalroq zarar miqdori 10 milliondan 90 million yevrogaça deb baholangan edi.

Bild qayd etişiça, bankdagi 3250 ta yaçeykaning 90 foizi buzib oçilgan. Har bir yaçeyka 10 300 yevrogaça miqdorda suğurtalangan.

Germaniyaning ğarbida joylaşgan Gelzenkirxen şahrida 29 dekabr kuni Sparkasse bankining bölimi ömarilgan qilingan. Jinoyatçilar bank yaçeykalari joylaşgan xona bilan unga tutaş avtoturargoh orasidagi beton devorni teşib, omborxonaga kirgan.

Bild gazetasiga köra, avval zarar taxminan 30 million yevro deb baholangan. Tergovçilarga tayangan dpa agentligi ham şunga yaqin raqamni keltirgan. Associated Press esa Gelzenkirxen politsiyasiga tayanilgan holda zarar 10 milliondan 90 million yevrogaça bölişi mumkinligini yozgan. Biroq aniq hisoblaş qiyin, çunki yaçeykalarda saqlangan narsalar köpinça sir böladi.

29 va 30 dekabr kunlari bank binosi oldiga norozi mijozlar töplangan. Köpçiligi öz yöqotişlari suğurta qoplaydigan miqdordan ança yuqori ekanini aytgan. Hozirça huquqni muhofaza qiluvçi organlar jinoyatçilarni topa olmagan. 1 yanvarda dpa politsiya vakiliga tayanilgan holda tergovda “jiddiy birorta ham iz yöq”ligini xabar qilgan.

Germaniya ğarbida, Bilefeld yaqinida joylaşgan Galle şaharçasida ham Sparkasse bölimidagi törtta bank seyfi buzib oçilgan. Qayd etilişiça, bu 30 dekabr kuni kunduzi — bank oçiq paytda sodir bölgan. Politsiya gumonlanuvçi yoki gumonlanuvçilar seyflar joylaşgan xonaga kuç işlatmasdan kirgan, deb hisoblamoqda.

Bonnning markazidagi Sparkasse bölimidan esa 17 dekabr kuni, General-Anzeiger gazetasi ma’lumotiga köra, qiymati taxminan 2,2 million yevro bölgan 20 kilogramm oltin öğirlangan. Çorşanba, 31 dekabr kuni politsiya voqea yuzasidan tergov olib borayotganini tasdiqlagan, ammo tafsilotlarni keltirmagan. Uşbu barça hodisalar röy bergan Şimoliy Reyn – Vestfaliya yeri hokimiyati ham tergov jarayoni böyiça ma’lumot bermagan.