Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) koalitsiyadagi hamkori — Xristian-sotsial ittifoq (XSI)ning Germaniyadan Suriyadan kelgan qoçqinlarning köpçiligini deportatsiya qiliş haqidagi talabiga qarşi çiqdi. GSDPdan Bundestag deputati Ralf Ştegner eslatişiça, Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Damaşqqa taşrifi çoğida “töliq vayron bölgan hududlarga qaytişga yöl qöyib bölmasligi”ni aytgan. “Bu, albatta, majburiy bölmasligi kerak”, — dedi Ştegner 2 yanvar, juma kuni Tagesspiegel gazetasiga.

“Koalitsiya içida jinoyatçilarni izçil deportatsiya qiliş va migratsiya siyosatidagi özgarişlar böyiça murosalardan taşqari, insoniylikning asosiy me’yorlariga rioya qilinişi şart”, — dedi Ştegner.

Bundestagdagi sotsial-demokratlar fraksiyasi raisi örinbosari Sonya Ayxvede ham XSI taşabbusini rad etdi. “Köplab suriyaliklar jamiyatga yaxşi integratsiyalaşgan”, — dedi u. Ayxvede ta’kidlaşiça, koalitsiya kelişuvida jinoyatçilar va jamoat xavfsizligiga tahdid deb hisoblanadigan şaxslar, aslida, Suriyaga qaytarilişi kerakligi aniq belgilab qöyilgan. Uning fikriça, deportatsiya masalasi har bir holat böyiça, joylardagi vaziyatni hisobga olgan holda körib çiqilişi kerak. “Umumiy, hammaga bir xil qarorlar qonun ustuvorligi tamoyiliga mos kelmaydi”, — dedi u.

Avvalroq Münchner Merkur gazetasi, şuningdek dpa va AFP agentliklari Bavariyadagi Zeon (Seeon) monastirida XSI yopiq yiğilişiga tayyorlangan pozitsion hujjatni örganib çiqqan. XSI deputatlar guruhi Germaniya migratsiya siyosatini yanada qat’iylaştiriş va suriyalik qoçqinlarning köpçiligini kelib çiqqan mamlakatiga tezroq qaytarişni talab qilmoqda.

Hujjatda qayd etilişiça, Suriyada fuqarolik uruşi tugaganidan keyin Germaniyada vaqtinça yaşaş huquqiga ega suriyaliklarning aksar qismi uçun himoya berişga asos yöqoladi. “Ixtiyoriy ravişda ketmaydiganlar böyiça imkoni boriça tezroq deportatsiya jarayonini boşlaş zarur”, — deb ta’kidlanadi hujjatda.

Hujjatga köra, 2026 yilda muntazam aviareyslar jalb qilingan holda, jumladan Suriya va Afğonistonga ham “keng kölamli deportatsiya amaliyoti” ötkazilişi kerak. Şuningdek, Germaniya böylab “çiqib ketiş markazlari” taşkil etilişi, Myunxen aeroportida esa deportatsiyalar uçun alohida terminal oçilişi lozimligi aytilgan.