Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi (GUR) juma kuni, 2 yanvarda “Rus köngillilar korpusi” (RKK) deb ataluvçi harbiy bölinma rahbarlaridan biri, öta öng qaraşlari bilan tanilgan Denis Kapustinning “öldirilişi” inssenirovka qilingani haqidagi videoni e’lon qildi.
Ukraina razvedkasi da’vo qilişiça, Kapustinning “hayotini saqlab qoliş” va “duşman agentura tarmoğini foş etiş” maqsadida dronlar orqali videoyozuvlar tayyorlangan. GUR xabarida: “Birinçi uçuvçisiz apparat Kapustin bölgan mikroavtobusga urilgan, ikkinçisi esa ‘zarba oqibatlari’ni — yongan avtomobilni tasvirga olgan”, — deyiladi.
GURning ta’kidlaşiça, uşbu videolar “Rossiya maxsus xizmatlaridagi buyurtmaçilarga” yuborilgan, şundan keyin ular Kapustinni öldiriş uçun mukofot sifatida yarim million dollar pul topşirgan.
27 dekabr kuni RKK Telegram-kanali 41 yoşli Kapustin Ukraina Zaporijjya viloyatida FPV-dron hujumi oqibatida halok bölgani haqida ma’lumot tarqatgan edi. 1 yanvarda esa GUR “Kapustin öldirilişi” Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan inssenirovka qilinganini, “bir oydan ortiq davom etgan Ukraina Mudofaa vazirligi GURning kompleks maxsus operatsiyasi natijasida” uning hayoti saqlab qolinganini bildirdi.
Ukraina razvedkasi bayonotidan keyin Rossiya IIV Kapustinni yana bir bor qidiruvga e’lon qildi. RKK yozişiça, bu haqdagi belgi RF IIV saytidagi qidiruvlar kartoçkasida paydo bölgan.
Kapustin Moskvada tuğilgan, bolaligida esa ota-onasi bilan Germaniyaga köçib ketgan, Kyolnda yaşagan. U futbol fanatlari muhitida tanilgan, Rossiya, Ukraina va Yevropada aralaş yakkakuraş (MMA) musobaqalarini taşkil qilgan, şuningdek White Rex sport ekipirovkasi brendini yaratgan. Bu brendda natsistik ramzlarga işora qiluvçi belgilar “niqoblangan” holda aks etgan kiyimlar ham bölgani aytiladi (masalan, neonatsistik “Qora quyoş” ramzi yoki 14/88 sonlari tuşirilgan futbolkalar).
2019 yil may oyida Germaniya hokimiyati Kapustinning Germaniyada doimiy yaşaş huquqini bekor qilgan — u Kyolndagi manzilidan röyxatdan çiqarilgan, çunki u yerda ança vaqtdan beri yaşamagani aytilgan. Şuningdek, “erkin demokratik tuzum asoslarini buzişga intiliş” sababli unga Şengen hududidagi barça mamlakatlarga kiriş taqiqlangan.
Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlangan paytda Denis Kapustin Ukrainada yaşagan va 2022 yilda aynan öşa yerda RKKni tuzgan. Uning aytişiça, bölinma tarkibiga “etnik ruslar” kirgan. RKK özini Ukraina tomonida jang qilayotgan rus köngillilarining “harbiy-siyosiy taşkiloti” deb ataydi. U asosiy maqsadlar sifatida Ukrainaning 1991 yilgi çegaralarida hududiy yaxlitligini tiklaş va “RFdagi amaldagi rejimni ağdariş”ni körsatadi.













