Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston importida top-10: Turkiya, Koreya, Germaniya va Hindiston ham bor
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston importi hajmi 41,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etilishicha, 2025 yilning 11 oyi davomida O‘zbekiston 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.
Shu davrda import hajmi bo‘yicha eng yirik sheriklar top-10 taligi quyidagicha shakllangan (AQSh dollarida):
- Xitoy – 12,8 mlrd;
- Rossiya – 7,8 mlrd;
- Qozog‘iston – 3 mlrd;
- Turkiya – 1,7 mlrd;
- Koreya Respublikasi – 1,5 mlrd;
- Germaniya – 1 mlrd;
- Hindiston – 1 mlrd;
- Turkmaniston – 926,2 mln;
- Belarus – 698,8 mln;
- AQSh – 656,1 mln.
Ma’lumotlarga ko‘ra, import hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy, ikkinchi o‘rinda Rossiya, uchinchi o‘rinda esa Qozog‘iston turibdi.
Mavzuga oid
17:14 / 21.02.2026
Kartadan pul o‘tkazmalarining 46 foizi 1 mln so‘mgacha bo‘lgan tranzaksiyalar – Markaziy bank
08:38 / 21.02.2026
Tramp barcha importga yangi bojlar joriy etilishini e’lon qildi
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
11:55 / 20.02.2026