Tramp 3 yanvar kuni keçqurun Mar-o-Lagodagi qarorgohida Venesueladagi sönggi voqealar yuzasidan bayonot berdi. AQŞ yangi hokimiyat şakllanib, xavfsiz, haqiqiy va qonuniy tranzit ta’minlanguniga qadar «Venesuelani boşqaradi». «Biz boşqa kuçlar aralaşib, vaziyat yana öşa köp yillik holatga qaytib qolişiga yöl qöya olmaymiz», – dedi u.
Tramp Amerika neft kompaniyalari Venesueladagi neft infratuzilmasini ta’mirlaşini va «mamlakat uçun pul işlaşni boşlaşi»ni ham aytib ötgan. «Biz Venesuela xalqini boy, mustaqil qilamiz. Ularni baxtli qilamiz. Venesuela barça imkoniyatlarga qaramasdan, deyarli neft qazib olmagan. AQŞdagi yirik kompaniyalar u yerga boradi va neft infratuzilmasini tiklaş uçun milliardlab dollar sarflaydi», – dedi AQŞ yetakçisi.
Tramp AQŞ Venesuela boşqaruvini aynan qanday qilib öz qöliga olmoqçi ekaniga aniqlik kiritmadi; AQŞ Karakasdagi hokimiyat organlari va ma’muriy binolarni qandaydir tarzda nazorat qilayotgani haqida ma’lumotlar yöq. Bayonot oxirida Tramp venesuelalik siyosatçilar va harbiylarni «agar ular öz xalqiga nisbatan adolatli munosabatda bölişmasa, Maduroning taqdiriga duçor bölişlari» haqida ogohlantirdi. Trampning aytişiça,
Trampning aytişiça, harbiylar zarbalarning «ikkinçi, kuçliroq tölqini»ni ötkazişga tayyor edi, biroq, uning fikriça, bunga endi zarurat yöq. «Biz yangi zarbalar berişga tayyor edik, ammo bunga zarurat tuğilmadi. Zarurat tuğiladigan bölsa, kelgusida bunga tayyor turamiz», – degan AQŞ prezidenti.

Jim Watson / AFP / Scanpix / LETA
Jurnalistlarning AQŞ Venesuelani qanday boşqarmoqçi ekani haqidagi aniqlaştiruvçi savollariga javoban Tramp davlat kotibi Marko Rubio Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges bilan gaplaşganini va u göyoki «Venesuelani yana buyuk qiliş uçun Amerika zarur deb bilgan işni qiliş»ga rozi ekanini aytdi. Rodriges AQŞ rasmiylari bilan aloqa örnatgani haqidagi ma’lumot hozirça öz tasdiğini topmagan.
Tramp, şuningdek, agar zarurat tuğilsa, mamlakatga Amerika harbiylari kiritilişi mumkinligini istisno etmagan.














