Venesuela Oliy sudi mamlakat vitse-prezidenti Delsi Rodriges Nikolas Maduro yöqligida davlat rahbari vazifasini bajarişi kerakligi böyiça qaror çiqardi.
Sud bayonotida aytilişiça, Rodriges «boşqaruv davomiyligini ta’minlaş va mamlakatni har tomonlama himoya qiliş uçun prezidentlik lavozimini öz zimmasiga oladi».
Avvalroq şanba kuni Delsi Rodrigesning özi Venesuela davlat televideniyesi orqali xalqqa murojaat qilib, Nikolas Maduro mamlakatning yagona qonuniy prezidenti bölib qolayotganini ma’lum qilgandi. Rodriges AQŞning Venesuelaga qarşi «qurolli tajovuzi»ni qoralab, amaldagi hukumat mamlakat xalqini himoya qilişga tayyorligini qöşimça qilgandi.
Uning videomurojaati öz akasi, Venesuela parlamenti raisi Xorxe Rodriges, şuningdek, mamlakat içki işlar vaziri Diosdado Kabelo va mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes qurşovida turib qilingan.
Bundan oldinroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuelani kelgusida kim boşqarişi haqidagi savolga javoban davlat kotibi Marko Rubio Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges bilan gaplaşgani va u göyoki «Amerika Venesuelani yana buyuk qiliş uçun nima qiliş kerak deb hisoblasa, şuni qilişga tayyorligi»ni aytgandi.
Tramp, şuningdek, agar zarurat tuğilsa, mamlakatda Amerika harbiylari kiritilişini istisno qilmagan.













