Venesueladagi siyosiy inqiroz vaqtida Maduroning ikki yaqin hamkori Moskva va Pekin uni hokimiyatda saqlab qololmadi. Yillab qurilgan aloqalarga qaramay, Maduro yakunda yolğiz qoldi. Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida tahlilçilar Venesuela atrofidagi siyosiy vaziyat xususida söz yuritdi.

Rossiya va Xitoy nega Maduroga yordam bera olmadi?

Kamoliddin Rabbimov: Bugun Amerika Qöşma Ştatlari bilan real ravişda basma-bas raqobatlaşa oladigan va buning uçun yetarli resurslarga ega bölgan yagona davlat – Xitoy Xalq Respublikasi. Biroq Xitoyning geosiyosiy tafakkuri AQŞ bilan töğridan töğri qarama-qarşilikka boriş emas. Sovuq uruş tugaganidan buyon Pekin imkon qadar Vaşington bilan kelişib yaşaşga, hatto ayrim masalalarda uning tizimiga moslaşişga harakat qilib kelmoqda.

Şu bilan birga, Xitoyning qat’iy “qizil çiziqlari” mavjud. Eng asosiysi – Tayvan masalasi. Pekin nazarida Tayvan Xitoyning ajralmas qismi bölib, bu jarayonga taşqi kuçlar aralaşmasligi kerak.

Ikkinçi muhim masala – Tinç okeani havzasida, xususan, Xitoy sohillari atrofida AQŞ tomonidan harbiy-siyosiy blokada bölmasligi va Xitoyning jahon dengizlariga erkin çiqişi ta’minlanişi lozim.

Bu kontekstda Hindiston va Xitoy özaro duşman emas, balki strategik raqib sifatida qaraladi. Hindiston özini Xitoyga teng qudratli davlat sifatida körsatişga intilsa-da, Pekin Dehlini hali öz darajasidagi global kuç deb hisoblamaydi. Aynan şu raqobat fonida Hindiston Malakka böğozi orqali Xitoyning savdo va yuk taşiş yöllariga bosim ötkazişga urinadi. Bunga Yaponiya, Janubiy Koreya va boşqa AQŞ ittifoqçilarining dengizdagi faolligi ham qöşiladi. Natijada Xitoy özini dengiz tomondan deyarli örab olingan holatda körmoqda. Şu sababli Pekin sönggi 15 yil içida quruqlik orqali muqobil transport va logistika yölaklarini şakllantirişga kirişdi. “Bir kamar — bir yöl” taşabbusi aynan şu strategiyaning mahsuli bölib, Markaziy Osiyo uçun ulkan iqtisodiy imkoniyatlar va barqaror daromad manbayini yaratadi. Bu mintaqa davlatlari uçun ijobiy geosiyosiy omil hisoblanadi. Venesuelaning amalda global öyindan çiqarilişi esa Lotin Amerikasida Xitoy va Rossiya uçun muhim tayanç nuqtaning yöqotilişi demakdir.

Şunga qaramay, Xitoy bu masalada faol qarşilik körsatmadi. Sababi oddiy: uzoq mintaqada AQŞ bilan töqnaşuvga kiriş – Pekin strategiyasiga mos kelmaydi.

Xitoy uçun eng katta vazifa – avvalo Tayvan masalasini hal qiliş. Xitoyning yondaşuvi pragmatik: “Men ösişda davom etayotgan davlatman. Bugun AQŞ bilan oçiq töqnaşuvga borib, öz taraqqiyotimni sekinlaştirişga hojat yöq. Agar hozirgi tendensiya saqlanib qolsa, 2050-yillarga borib, tabiiy ravişda dunyoning ikkinçi mustahkam global qudratiga aylanaman”, degan qaraş ustun.